Har bir hayvon yoki parranda turiga beriladigan oziqa uning biologik xususiyatlarini inobatga olgan holda yedirishdan oldin tayyorlanishi shart, bu tadbir oziqalarni xushxo’r bo’lishi bilan, ularning hazmlanishini yaxshilaydi.
Полезные материалы
Xo’jalikda eng ma’suliyatli tadbir hisoblanadi, chunki oziqa sifati va to’yimliligi, uning qanday tayyorlanganligiga bog’liq. Odatda oziqalar qish mavsumi uchun tayyorlanadi, chunki bu davrda hayvonlar yozda tayyorlangan oziqalarni iste’mol qiladilar.
Qishloq xo’jalik hayvonlari va parrandalarini to’laqiymatli oziqlanishini ta’minlash uchun tayyorlanadigan bir xil maydalangan oziqa mahsulotlar aralashmasidan iborat. Har bir hayvon va parranda turi, yoshi, jinsi, fiziologik holatiga ko’ra ilmiy asoslangan omixta yemlar tarkibi ishlab chiqilgan.
Ҳайвонлар истеъмол қиладиган озиқалар, уларнинг минерал моддаларга бўлган талабининг бир қисмини қондиради. Шўрланмаган тупроқларда ўстирилган озиқаларда натрий xлорид тузига етарлича бўлмайди, шунинг учун барча қишлоқ xўжалик ҳайвонлари ва паррандаларига мунтазам равишда ош тузи бериб бориш керак.
Oziqalar olinish manbai, tarkibi va to’yimliligi bilan farqlanadi. Energetik to’yimliligi bo’yicha hajmli (1 kg 0,6 oziqada oz. birligidan kam) va konsentrat oziqalarga (1 kg oziqada 0,6 oz. birligidan ko‘p) bo‘linadi.
Oziqalar deb, o’simlik, hayvon, mikrob kelib chiqishiga mansub, tarkibida o’zlashtirib olish mumkin to’yimli moddalar bo’lgan, hayvon salomatligi va mahsuldorligiga zararli ta’sir ko’rsatmaydigan mahsulotlarga aytiladi.
B guruh vitaminlar. Suvda eruvchi ushbu guruh vitaminlarga B1 (tiamin), B2 (riboflavin), B3 (pantoten kislotasi), B4 (holin kislotasi), B5 (PP nikotin kislotasi), B6 (piridoksin), B7 (biotin), B8 (inozit), B9 (foliy kislota) va B12 (siankobalamin) kiradi.
Vitamin E (tokoferol). U organizmda A vitaminini va karotinni organizm tomonidan o’zlashtirish va saqlashini ta’minlaydi. Organizmda E vitaminining yetishmasligi yog’ almashinuvi zaharli moddalari to’planib, hayvonlarning ko’payish qobiliyatini buzilishiga va mushaklar distrofiyasiga sabab bo’ladi.
Vitamin D (kalsiferol). Organizmda mineral moddalar almashinuvini nazorat qiladi. Ushbu vitamin yetishmasligi yosh qishloq xo’jalik hayvonlarida raxit kasalligini keltirib chiqaradi, oyoqlari qiyshayib, bo’g’inlar shishadi; voyaga yetgan hayvonlarda esa osteomolyatsiya va osteoroz kasalliklari ro’y beradi
Hayvon organizmiga tushadigan to’yimli moddalar inert holda bo’ladi, ular hazm bo’lgandan keyingina hayvon tanasiga singadi, bu jarayonda katalizatorlar qatnashishi shart.