Главная/Полезные материалы/Полезные материалы/Qoramollarni oziqlantirish. Bo‘g‘oz sigirlarni oziqlantirish. Bo‘g‘oz sigirlar ratsioni.

Qoramollarni oziqlantirish. Bo‘g‘oz sigirlarni oziqlantirish. Bo‘g‘oz sigirlar ratsioni.

image1

Qoramollarni oziqlantirish. 

Qoramollar kavsh qaytaruvchi hayvon bo’lgani uchun hajmli, tarkibida kletchatka moddasi ko’p oziqalardan samarali foydalanib arzon va sifatli mahsulot berish qobiliyatiga ega.

Mamlakatimizda sut, sut-go’sht va kam go’sht yo’nalishdagi qoramollar urchitiladi, ularning mahsuldorligi asosan oziqlantirish darajasiga bog’liq. 

Sigirlarning sut mahsuldorligi ularning oziqlantirish, saqlash va o’stirish sharoitlariga bog’liq bo’ladi. Mashhur sut yo’nalishidagi zotga mansub sigirlar (golshtin) har 100 kg tirik vazniga 1000 kg, rekordchi sigirlar esa 3000 kg gacha sut berish qobiliyatiga ega. 6000 kg sut beradigan sigir o’rtacha laktasiyasi davomida sut bilan 15000 Mdj energiya, 760 kg dan ko’proq quruq moddalar, shu jumladan 200-210 kg oqsil, 210-230 kg yog’, 270-290 kg sut qandi va 35 kg ko’prok mineral moddalarni ajratib chiqaradi. Shu boisdan sigirlarni oziqlantirishda ushbu raqamlarni inobatga olish kerak. 

Qoramollarni oziqlantirish me’yorlari ularning tirik vazni, yoshi, mahsuldorlik darajasi va fiziologik holatiga qarab o’rnatiladi. Keyingi paytlarda qoramollar detallashtirilgan ratsionlarini nazorat qilish 6 ko’rsatkichdan 24 ko’rsatgichgacha ko’paytirilishi, qoramollarni barcha to’yimli moddalar, vitaminlar va mineral moddalar bilan ta’minlanishini yaxshilaydi, ularning mahsuldorligiga ijobiy ta’sir qiladi.  

Bo‘g‘oz sigirlarni oziqlantirish. 

Bo’g’oz sigirlarni to’laqiymatli oziqlantirish sog’lom, yirik buzoq olish va navbatdagi laktasiyada yuqori sut mahsuldorligini ta’minlaydi. 

Sigirlarning bo’g’ozlik davrida to’yimli moddalarga bo’lgan talabi ortadi, ya’ni modda almashinuvi kuchayadi, plasenta va homila shakllanadi. Bo’g’ozlik bosqichlarida homilaning rivojlanishi bir xilda kechmaydi. 3 oylik homila vazni 20-30 g bo’lib, asosiy ratsion hisobidan o’sishi ta’minlanishi yoki 5% energiya va to’yimli moddalarning ko’paytirish mumkin. 

image2

Ona sigir qornidagi buzoqcha.

Bo’g’ozlikning dastlabki davrida sigirlarni protein, vitamin va mineral moddalar bilan me’yorlar darajasida ta’minlash kerak, aks holda homilani surilib ketish hollari uchraydi. 

Bo’g’ozlikni 6 oyiga kelib homila 5-6 kg vazniga ega bo’lib, energiya va to’yimli moddalarga talab 15% ga ortishi talab etiladi. Ayniqsa homila bo’g’ozlikning oxirgi 2 oyida jadal o’sadi (kuniga 300-400 g), shuning uchun sigirlar sutdan chiqarilib, dam (60 kun) beriladi. Shu davr ichida sigirlar laktasiya davomida yo’qotgan - sut bilan chiqarib yuborgan zaxira to’yimli modda to’plash va homilani me’yorda o’sishini ta’minlash kerak. 

Bo’g’oz sigirlarni sutdan chiqarish xo’jalikda qabul qilingan texnologiya asosida ratsionni to’yimligi va sog’imlar soni kamaytirilib, asta-sekin sog’ish to’xtatiladi. Bo’g’oz sigirlarning dam olish davrining birinchi 10 kunligida ratsion to’yimligi biroz kamaytiriladi (yelin zo’riqmasligi uchun), ikkinchi 10 kunlikda to’liq ratsion, 3-4-10 kunlikda ratsion to’yimligi 20% kuchaytiriladi. Bo’g’ozlik davrida sigirlar vazni o’rtacha 10-15% oriq sigirlarda ko’proq ortadi, shu bois oziqlantirishda semizlik darajasi inobatga olish foydadan holi emas yoki har bir bo’g’oz sigir tug’ish oldidan albatta o’rta semizlikda bo’lishi kerak. Oriq bo’g’oz sigirlarning 1 kg vazni ortishi uchun 5 oz. birligi va 500 g hazmlanuvchi protein qo’shib berish kerak. 

Bo’g’oz sigirlarni oziqlantirish me’yori ularning tirik vazni va navbatdagi laktasiyada olinishi lozim sut miqdoriga qarab belgilanadi. 

Jadval. 

 Bo‘g‘oz sigirlar ratsioni 

image3

Vazni yirik 6000-7000 kg sut beradigan bo’g’oz sigirlar 13-15 oziqa birligi yoki 150-170 Mdj energiya qabul qilishlari kerak. Bo’g’oz sigirlarni 100 kg tirik vazniga o’rtacha 2,1-2,4 kg quruq modda me’yorlashtiriladi, 1 oziqa birligi tarkibida 110 g hazmlanuvchi protein talab etilib, ularga proteinni qoplash uchun oqsilsiz azotli birikmalar berish ta’qiqlanadi, chunki ular bo’g’ozlikka salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ratsionda uglevod va qand protein nisbati andoza talabida bo’lishi, kletchatka me’yorda bo’lishi kerak, aks holda katta qorinda oziqa hazm bo’lishi buziladi. 

Bo’g’oz sigirlar ratsionida tuz va boshqa mineral moddalar va vitaminlar me’yor talablariga to’liq javob berishi kerak. 

Bo’g’oz sigirlarga beriladigan oziqalar sifati alohida o’rin tutadi, buzilgan, chirigan, mog’orlagan, nordon, sho’r, muzlagan oziqalar berish homila rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 

Bo’g’oz sigirlar ratsionining tarkibiy qismi sifatli pichan, bo’g’oz (dag’al xashaklarning 20-30%) somon beriladi. 

image4

Bo’g’ozlik davrida ko’p silos, omixta yem va mineral qo’shimchalar sigirlarni tug’ish qiyinlashishiga sabab bo’ladi. 

Bo’g’oz sigirlarning har 100 kg tirik vazniga 2-2,5 kg pichan va somon; 100 kg tirik vaznga eng kamida 1 kg sifatli pichan berish kerak. Dag’al oziqalarga qo’shimcha har 100 kg tirik vaznga 1-1,5 kg sifatli senaj, 2-2,5 kg sifatli silos, 1kg lavlagi, 1 boshga 1,5-2,0 kg yem beriladi. 

Eng ma’qul yem omixta yem hisoblanadi, ularga kunjara va shrot berish tavsiya etilmaydi, chunki uning tarkibida homila uchun zahar gossipol moddasi mavjud. 

Bo’g’oz sigirlarning 2-3 marta oziqlantirish kifoya, bino va suv harorati 8-10◦C pastga tushmasligi kerak. Bo’g’oz sigirlarning qishki ratsionidan yozgi ratsioniga sekin-asta o’tkazishi kerak. 

Yozgi ratsion asosan ko’k oziqalardan (boshoqli, dukkakli) tashkil topishi kifoya, faqatgina ko’k oziqalari bilan oziqlantirish me’yorini qoplanmasa biroz yem qo’shib berish mumkin. 

Bo’g’oz sigirlarni alohida guruhlarda, quruq, issiq, to’shama to’shalgan binolarda saqlab, ularga albatta yayrash maydonchalari ajratiladi, qo’shimcha har kuni 2-3 soat sayr qildirish kerak. Faol haydab sayr qildirilgan (2-3 km) bo’g’oz sigirlar homilasi yaxshi rivojlanib, yelin bez to’qimalariga ijobiy ta’sir etib, sigir oson tug’adi. 

image5

Gunajinlarni oziqlantirishda yuqoridagi talablardan tashqari, ularning o’sishini ta’minlashni ham inobatga olish kerak yoki shu davrda ularning kunlik o’sishi 500-600 g bo’lishi kerak.

Заказать консультацию
Ваше имя:*
это поле обязательно для заполнения
Скрытое поле:
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Оставайтесь на связи
Свяжитесь с нами прямо сейчас, чтобы получить профессиональную консультацию и получить ответ на все свои вопросы. Мы всегда готовы помочь вам. Наши контактные данные указаны ниже.
Наши соц. сети:
Адрес:
ООО Мilk Тex Рrofi»
г. Ташкент, ул. Джами 5
Часы работы:
Пн - Пт: с 09:00 до 18:00
Заказать по акции
Ваше имя:*
это поле обязательно для заполнения
Скрытое поле:
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Заказать
Ваше имя:*
это поле обязательно для заполнения
Скрытое поле:
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена