Главная/Полезные материалы/Полезные материалы/Yosh qoramollarni (молодняк) oziqlantirish. Sut davridagi buzoqlarni oziqlantirish. Tanalarni sut davridan keyin o‘stirish.

Yosh qoramollarni (молодняк) oziqlantirish. Sut davridagi buzoqlarni oziqlantirish. Tanalarni sut davridan keyin o‘stirish.

image1-5

Yosh qoramollarni oziqlantirish. 

Qoramollar podasini sermahsul, baquvvat, sog’lom, mustahkam konstitusiyali hayvonlar bilan to’ldirishining asosini yosh nasldor qoramollarni o’stirish hisoblanadi. Uning asosini oziqlantirish tashkil qiladi. 

Yosh qoramollarni oziqlantirish xo’jalikning yo’nalishi, oziqalar bilan ta’minlanganligi, iqtisodiy talablar asosida quriladi. Qoramollarning yosh paytida jadal o’stirish, oshqozon-ichak tizimini hajmi bo’lishini ta’minlash samarali hisoblanib, kelgusida sermahsul hayvonlar yetishtirishga garov bo’ladi. Yosh qoramollar vazn o’sishi tarkibi yoshi ulg’ayishi bilan o’zgarib boradi. Sut davrida buzoq vazni tarkibida ko’proq suv, protein va kam miqdorda yog’ to’planadi; keyingi davrlarda suv nisbati kamayib yog’ nisbati ortib boradi. 

Yosh qoramollarga beradigan oziqalar hayvonning hayotini saqlash va kunlik o’sishni ta’minlashdan iborat bo’ladi. Yosh qoramollarning energiyaga bo’lgan talabi yoshi, jinsi, o’rtacha kunlik vazn ortishiga qarab 24 ko’rsatgich bo’yicha detallashtirilgan me’yor (ratsion) asosida oziqlantiriladi. 

Nasldor buqachalarining kuniga 850-950 g vazn qo’shishi, 16 oyligida 450-500 kg, urg’ochi tanalarining esa 500-600 g vazn qo’shishi 18 oyligida 300-350 kg bo’lishini ta’minlashi shart. 

image2-5

Yosh qoramollarni yoshi ulg’ayishi bilan energiyaga bo’lgan talabi ortib boradi , 1-3 oyligida 1 kg vazn ortishiga 3,0- 4,2 oz. birligi; 7-9 oyligida - 6,3-7,4 oz.birligi; 13-18 oyligida esa 9,5-12,3 oz.birligi talab etiladi. 

100 kg tirik vazniga esa yoshi ulg’ayishi bilan quruq modda sarfi kamayib boradi, urg’ochi tanalarda 7-12 oyligida 2,4-3kg ,13-18 oyligida -2,1-2,5kg; erkak tanalarda esa 7-12 oyligida 2,2-2,8kg, 13-16 oyligida esa 2,0-2,2 kg ni tashkil etadi. 

Yosh qoramollarning oziqlanish xususiyati yoshi ulg’ayishi bilan o’zgarib boradi. Yosh qoramollarni o’stirish 3 davrga bo’linadi: yangi tug’ilganlik davri-hayotning birinchi 10-15 kuni; sut davri-4-5 oylikkacha; sut davridan keyingi davr-16-18 oyligigacha, shu davrga kelib urg’ochi tanalar jismoniy balog’atga erishadi. 

Yaxshi rivojlangan erkak nasldor buqachalarni 12-14 oyligidan podani qayta tiklashda foydalanish mumkin. Yosh qoramollarni me’yorda protein bilan ta’minlash ularning o’sish va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Hayvon hayotini saqlab turish uchun 100 kg tirik vazniga 60 g hazmlanuvchi protein, 1 kg vazn ortishi uchun esa 500 g hazmlanuvchi protein iste’mol qilish kerak. 

Sut davridagi buzoqlarni oziqlantirish. Ikki oyligigacha buzoqlar asosan sut mahsulotlarini iste‘mol qilib, keyin uni nisbati kamaytirilib, o’simlik oziqalari ko’paytiriladi, chunki old oshqozonlar rivojlanib mikroorganizm va infuzoriyalar o’simlik proteinlardan to’laqiymatli oqsillar sintez qila boshlaydilar. 

image3-3

3 oylikgacha ratsion tarkibidagi quruq modda tarkibida 6-12%, 4-6 oyligida 16-18%, 7-12 oyligida 20-22% va 13-24 oyligida 22-24% kletchatka bo’lishi talab etiladi. Quruq modda tarkibida qand 3 oyligida 15-16,5%, 6 oyligida 8,0-9,5%, 7-12 oyligida 6,5-9,0, 13-24 oyligida esa 6,5-8,5 %ni tashkil qiladi yoki quruq modda tarkibida kletchatka nisbati ortib qand miqdori kamayib boradi. 

Buzoqlarga ichiriladigan sutning tarkibidagi yog’ning miqdori 3,5-4,0% bo’lishi kerak. Turli xo’jaliklarda 1 bosh buzoqqa sarflanadigan sut yog’ining miqdori 8-18 kg ni tashkil qiladi. Buzoqlarning yoshi ulg’ayishi bilan yog’ga bo’lgan talab oshadi. Bir oyligida ratsion quruq moddasida 22-24% yog’ bo’lsa, 6 oyligida 5,0-5,5%. Undan keyingi yoshlarda esa 3% dan oshmaydi. 

Yosh qoramollar vazn oshishi tarkibida 4% mineral moddalar tashkil qiladi. 6 oyda buzoqlar tanasida 6 kg, bir yilda 9-10 kg mineral moddalar to’planadi. Sut tarkibidagi mineral moddalar yaxshi o’zlashtiriladi (86-97%). Yosh qoramollarni oziqlantirishda mikroelementlar alohida o’rin tutadi ular modda almashinuvi, mahsuldorlik, oziqalar hazm bo’lishi va o’zlashtirilishiga ta’sir etadi. Mikroelementlarga bo’lgan talabini qondirish uchun ratsionning 1 kg quruq moddasi hisobiga 50-80 mg temir, 5-10 mg mis, 30-60 mg rux, 30-60 mg marganes, 0,4-0,7 mg kobalt va 0,2-0,6 mg yod to’g’ri kelishi kerak. 

image4-2

Yosh qoramollarning me’yorda o’sishi ular ratsionida yetarli miqdorda A va D vitaminlari, hamda old oshqozonlarida mikroorganizmlar faoliyati yetarli bo’lmaganda B guruh vitaminlari bo’lishi talab etiladi. Vitaminlar manbai bo’lib sut davrida, keyin o’simlik oziqalari hisoblanadi. 6 oylikkacha 1 kg ratsion quruq moddasi tarkibida 26-37 mg, undan keyingi davrda esa 22-25 mg dan kam bo’lmagan vitamin A bo’lishi kerak. 

Quyosh nurida yayratilmagan buzoqlar 2-3 oydan keyingi raxit kasalligiga uchraydi. Shu bois yoz oylarida 8 soatdan kam bo’lmagan yayratish, qish paytida esa ratsionga qo’shimcha 0,6-0,9 ming XB vitamin D 6 oylikkacha, keyinchalik esa 0,4-0,5 ming XB berib turiladi. 

Sut davrida 6-8 kun onasining og’iz suti , keyin umumiy qaymog’i olinmagan sut beriladi. Sut davrida o’sish jadalligiga qarab urg’ochi buzoqlarga 180-350 kg qaymog’i olinmagan va 200-600 kg qaymog’I olingan sut ishlatiladi. Iloji bor xo’jaliklarda qaymog’i olinmagan va olingan sutni tejash maqsadida sun’iy sut (ЗЦМ) ichirish yaxshi natijalar beradi. Bundan tashqari buzoqlarga sut chiqindilari (ayron, zardob) berish ularning o’sish va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 

15-20 kunlikdan buzoqlar o’simlik (sifatli pichan), yem va 1 oy oxiridan boshlab shirali oziqalar yeyishga o’rgatiladi. Ular keyichalik o’simlik oziqalariga erta o’rgatilsa oshqozon-ichak tizimining jadal rivojlanishiga sabab bo’ladi. Ko’proq sut va yem oziqalar berish esa ularning rivojlanishini susaytiradi. Barvaqt pichan berish ularda kavsh qaytarilishini 20-25 kunda paydo bo’lishini ta’minlaydi, vaholanki 1,2-2 oyligida ular kunning 4-5 soati kavsh qaytarishga sarflaydi. 

image5-2

Buzoqlarni yoshligidan shirali oziqalarni yeyishga o’rgatish kerak. 2-3 oylikdan buzoklarga sifatli 6 oy mobaynida silos, senaj, lavlagi, yozda esa ko’k o’tlar yediriladi. Buzoqlarni qat’iy xo’jaliklarda qabul qilingan tartib asosida oziqlantiriladi. 

Sut va sut oziqalari buzoqlarga 37-39 ◦C haroratda ichiriladi, sovuq holda ichirish oziqa hazm qilish jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Sut oziqalari buzoq oshqozoniga kichik qismlarda tushishi kerak, birdan ko’p ichsa sut shirdonda ivib keyin hazmlanadi. Buzoqlarda oziqalar hazmlanishi yaxshi bo’lishi uchun ularni me’yordan ko’p oziqlantirmaslik va yangi oziqalarni sekin – asta kiritish kerak. 6 oy mobaynida urg’ochi buzoqlarga 180 dan 350 kg gacha qaymog’i olinmagan va 200-600 kg qaymog’I olingan sut ichirish rejalashtiriladi. Ko’pchilik xo’jaliklarda sut o’rniga sun’iy sut ichirish mumkin (21-24 kg quruq kukun). Buzoq yoshi ulg’ayishi bilan sut oziqalarining nisbati ratsionda kamaytirib, yem va hajmli oziqalar ko’paytirib boriladi. Sutning 1 kg quruq moddasida 2,7-2,9 oziqa birligi bo’lgani holda, yem quruq moddasida esa 1,1-1,3 oziqa birligi bor holos, shuning uchun ratsion to’yimliligini ta’minlashda ushbu holni inobatga olish kerak. Dastlab buzoqlarga donlar aralashmasidan yem qilib berish yoki zavodlar chiqargan omixta yem berish mumkin. Bunday omixta yemning 1 kg da 1,26 oziqa birligi, 180 g hazmlanuvchi protein bo’ladi. Oziqlantirish sxemasiga binoan buzoqlarga 6 oylikkacha 260 kg pichan, 400 kg silos yoki shunga teng to’yimlilikda senaj, 160-180 kg yem sarflanadi. Yoz paytida esa pichan, senaj, silos o’rniga ko’k oziqalar yediriladi. 

image6

Nasldor erkak buzoqlarni o’stirishda kuniga 750-1000 g semirishini ta’minlash ko’zda tutiladi, 6 oyda bir boshiga 320-450 kg qaymog’i olinmagan, 600-1000 kg qaymog’i olingan, 220-230 kg pichan, 200 kg silos, 100-200 kg lavlagi va 195-200 kg yem; yozda esa pichan, senaj, silos, lavlagi o’rniga 800-900 kg ko’k oziqa beriladi. 

Tanalarni sut davridan keyin o‘stirish. Bu davrda oziqlantirish erkak va urg’ochi tanalarni me’yordagi o’sish va rivojlanishini ta’minlashga qaratiladi. Ratsion tarkibi energiya, protein, mineral va vitaminlar bilan ta’minlanishi zotga xos tez yetiluvchanlik tanalar o’stirish imkonini beradi. 6 oylikdan keyin detallashtirilgan ratsionlar hayvon yoshi, jinsi va kunlik vazn qo’shishni hisobga olib tuziladi. Ratsionlar har bir guruhga har oy uchun tuziladi, unda albatta o’stirilayotgan sigirlar vazni inobatga olinadi, 400-450; 500-550; 600-650 kg. 

Jadval 

500- 550 kg tirik vazndagi sigirlar o‘stirish uchun urg‘ochi naslli tanalarni oziqlantirish me’yori, 1 boshga bir kunda

image7

Urg’ochi tanalar 7 oyligidan 18 oyligigacha 1 kg vazn qo’shishi uchun yoshiga qarab 6 dan 11 gacha oziqa birligi sarflaydi. Urg’ochi tanalar 6-12 oyligida 100 kg tirik vazni hisobiga 2,4-3 kg, 13-18 oyligida 2,1-2,5 kg quruq modda sarflaydi. 1 kg quruq modda tarkibidagi 0,7-0,9 oz. birligi bo’lishi talab etiladi, yoshi ulg’ayishi bilan energiya nisbati pasayib boradi. Hazmlanuvchi proteinga bo’lgan talab ham yoshiga qarab o’zgarib boradi, 7-9 oylikda 1 oziqa birligida 100 g, 10-12 oyligida 95-100 g, 13-18 oyligida esa 90-95 g talab etiladi. 

image8

Yosh qoramollar ratsioni quruq moddasi tarkibidagi xom kletchatka 7-12 oyligida 21-22% bo’lgani holda, 13-18 oyligida 23-24% tashkil etadi. Qand-protein nisbati 0,8-1 bo’lishi kerak. Ratsion quruq moddasi tarkibida yog’, 3% dan kam bo’lmasligi kerak. Ayniqsa tanalarni o’stirishda mineral moddalar va vitaminlar me’yor talablariga javob berishi kerak, aks holda o’sish va rivojlanishga salbiy ta’sir ko’rsatadi, ular yetishmagan qismi oziqalarga qo’shib yediriladi. 

7-8 oylik tanalar ratsioni asosan pichan, silos va senajdan tashkil topadi, pichanning bir qismini sifatli somon bilan almashtirsa bo’ladi. Urg’ochi tanalar 100 kg tirik vazni hisobigi 2-3 kg pichan, 5-6 kg silos iste’mol qiladi. 6-12 oyligida har bosh tana 7-8 kg senaj, bir yoshdan keyin 15 kg senaj iste’mol qilish, ya’ni silos o’rni almashtirilishi mumkin. 

Kunlik 600 g gacha vazn qo’shishini hajmli oziqalar hisobiga olsa bo’ladi, undan ko’p vazn olish uchun ratsionga albatta yem kiritilishi kerak. Yem ratsion to’yimligini 15-25% ni tashkil qiladi. Yozda esa urg’ochi hayvonlar tanalari yaylovlarda yoki ko’k oziqa bilan boqish ularning o’sish va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ular 7-9 oyligida 18-20, 10-12 oyligida 22-26, 13-15 oyligida 26-30, 16-18 oyligida 30-35 kg ko’k oziqa iste’mol qiladi.

Бузоқ, тана ва ғунажинларни яхши ўсиши учун Австриянинг “LIKRA Tierernährung” премикларини тавсия қиламиз

image5

Ли-РМ 1000. Янги туққан сигирларнинг сут келишини барқарорлаштириш учун мос келади. Таркибида Са юқори миқдорда. Бундан ташқари бузоқлар ва бўрдоқига боқилаётган моллар учун ҳам тўғри келади.

Заказать консультацию
Ваше имя:*
это поле обязательно для заполнения
Скрытое поле:
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Оставайтесь на связи
Свяжитесь с нами прямо сейчас, чтобы получить профессиональную консультацию и получить ответ на все свои вопросы. Мы всегда готовы помочь вам. Наши контактные данные указаны ниже.
Наши соц. сети:
Адрес:
ООО Мilk Тex Рrofi»
г. Ташкент, ул. Джами 5
Часы работы:
Пн - Пт: с 09:00 до 18:00
Заказать по акции
Ваше имя:*
это поле обязательно для заполнения
Скрытое поле:
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Заказать
Ваше имя:*
это поле обязательно для заполнения
Скрытое поле:
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена