Omixta yemlar.
Qishloq xo’jalik hayvonlari va parrandalarini to’laqiymatli oziqlanishini ta’minlash uchun tayyorlanadigan bir xil maydalangan oziqa mahsulotlar aralashmasidan iborat. Har bir hayvon va parranda turi, yoshi, jinsi, fiziologik holatiga ko’ra ilmiy asoslangan omixta yemlar tarkibi ishlab chiqilgan.
Omixta yemlarda ayrim oziqa moddalar birlikda, bir – birlarini kamchilik qismini to’ldirish bilan to’la qiymatlikni oshiradi. Oziqalarning nisbatini to’g’ri tanlash bilan omixta yemni energiya, protein, aminokislota, minerallar va vitaminlar bilan oqilona tenglashtirish mumkin va u me’yor talablariga to’liq javob berishi kerak.
Omixta yem sanoatida ayrim hayvon va parranda turlari uchun alohida raqamlar belgilangan. Jadvalda broyler – jo’jalari uchun to’laqiymatli omixta yem tarkibi keltirilgan. Ushbu tarkibda (resept) ishlab chiqarilgan omixta yem broyler – jo’jalarining energiya, to’yimli moddalarga, kasalliklarni oldini oluvchi moddalarga ega bo’lishi, o’sishni to’liq ta’minlashi natijasida 56 kunligida 1600-1650 g vaznga erishib, 1 kg vazn qo’shishi uchun 2,3-2,5 omixta yem sarflanadi.
Xo’jalikda tayyorlangan omixta yem tarkibida ayrim tarkibiy qismlar yetishmasligi asosiy donlar berilishiga qaramasdan (ratsion energiya, aminokislotalar va vitaminlar bilan ta’minlangan) 1 kg vazn qo’shishiga 3,8 oziqa birligi, 1600 g vaznga esa 65-70 kunda erishadi.
Jadval.
Broyler jo‘jalari uchun to‘laqiymatli omixta yem.
Ba’zi hollarda omixta yem sanoati tomonidan kuchli oziqa yemlar chiqariladi, ular oddiy omixta yemlarda to’yimli bo’lib (energiya, protein, vitamin, mineral moddalar) xo’jaliklardagi asosiy oziqalarga qo’shib ratsionning to’la qiymatligi ta’minlanadi.
Tenglashtiruvchi oziqa qo’shimchalari maydalangan oqsilli yuqori oziqalar va turli qo’shimchalar bilan birga ishlab chiqariladi. Bu oziqa qo’shimchalari ayrim hayvonlar ratsionlarini tenglashtirishda qo’l keladi.
Oqsil vitaminli omixta yem sanoati tomonidan chiqariladi, xo’jaliklarning o’zida omixta yem ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Xo’jaliklarning o’zida omixta yem tayyorlashda uning tarkibiga kiradigan mahalliy oziqalarga qo’shimcha 5-25% oqsil – vitamin qo’shimchalari ishlatiladi.
Oziqa premikslari omixta yemlar tarkibiga qo’shilib, asosan biologik aktiv moddalardan tashkil topadi. Premikslar hayvonlar va parrandalar turi, jinsi, fiziologik holatiga qarab har xil tarkibga ega bo’ladi.
Premikslar aminokislotalar, vitaminlar, mikroelementlar, antioksidantlar, kasalliklarni oldini oluvchi va davolovchi dorilar, tinchlantiruvchi moddalar (trankvilizatorlar, yuzaki faol moddalardan detergentlardan) iborat.
Premikslar mayda kepak, bug’doy, makkajo’xori, achitqi va soya shroti bilan qo’shib chiqariladi.
Австрия премиксларини тавсия қиламиз:
Бу маҳсулотнинг фойдали тарафлари:
· Озуқаларни ҳазм қилишни яхшилайди.
· Маҳсулдорликни 10-15% га оширади.
· Ёш молларни соғлигини сақлайди.
· Кунлик ўсишни 15-20% га оширади.
· Озуқа харажатларни маҳсулотга нисбатан 5-10% га камайтиради.
· Касалланишларни олдини олади.
· Мол бошини кўпайишини 4-8% га кўтаради.
Ликра премиксларини турлари:
Ли-Р 18 Стандарт. Таркибида оптимал миқдорда осон ҳазм бўлувчи микроэлементлар бор, ҳамда уларнинг нисбати оптимал тарзда. Таркибидаги цинк моддаси, мол туёқларининг соғлиғи учун жуда зарурдир. Таркибидаги Са:Р (Кальций ва фосфор) нисбати юқори маҳсулдор сигирлар учун тўғри келади.
Ли-Р 18 Биотин. Кучли премикс, таркибида Биотин моддаси бўлиб, туёқ ва елин касаликларини олдини олади.
Ли-Р 18 Про. Таркибида тирик ачитқилар бўлиб, ҳазм қилиш органларига таъсир қилади.
Ли-РМ 1000. Янги туққан сигирларнинг сут келишини барқарорлаштириш учун мос келади. Таркибида Са юқори миқдорда. Бундан ташқари бузоқлар ва бўрдоқига боқилаётган моллар учун ҳам тўғри келади.