Bu jarayon turli mulk shaklidagi xo’jaliklarda qabul qilingan texnologiyalar asosida amalga oshiriladi. Hozir hususiy fermalar, fermer va shaxsiy yordamchi xo’jaliklarda sut ishlab chiqarish amalga oshirilmoqda.
Bosh sonlari ko’p yirik fermer xo’jaliklarida sut ishlab chiqarishning uzluksiz sexlar tizimi joriy qilingan. Bu usulda sigirlar o’zlarining fiziologik holatlariga qarab guruhlarga bo’linadi. Ular: 1 seh – bo’g’oz sutdan chiqqan sigirlar guruhi; 2 seh – tug’ruq sehi; 3 seh - iydirish va otalantirish sehi; 4 seh - sut ishlab chiqarish sehi.
Birinchi sehda sigirlar sutdan chiqqandan keyin 45-60 kun saqlanib, ular bog’lanmasdan 50-60 boshdan guruhlab asraladi. Qish paytida sovuq paytlari molxona ichida, qolgan paytlari yayrash maydonchalarida, yozda esa asosan ayvonlar tagida saqlanadi. Ular me’yorlar asosida oziqlantiriladi.
Sigirlar tug’ishiga 10 kun qolganda 2 inchi sehga o’tkaziladi. Ular tug’ishga qadar (10 kun) guruhlab, molxona ichida saqlanib, yayrash maydonchalariga chiqarib turiladi. Tug’dirish mahsus kataklarda (денник) amalga oshiriladi. Bu katak 3 x 3 x 2 metr o’lchamda bo’lib, ular mahsus tayyorlanib, qalin to’shama bilan ta’minlanadi. Sigir tug‘ish paytida unga ko‘p halaqit bermagan ma‘qul.
Tug‘ish o‘tgandan keyin buzoq 1-2 kun sigir bilan birga turadi. Keyin buzoq profilaktoriya bo’limiga o‘tkazilib 15 kun davomida yakka kataklarida saqlanadi va onasi suti bilan oziqlantiriladi. Sigirlar esa 15 kun davomida bog‘lab saqlanadi va vaqti–vaqti bilan yayrash maydonchalariga chiqarib turiladi. Shunday qilib, bu sehda jami 25 kun turadi.
Shundan keyin sigirlar 3 inchi sehga o‘tkaziladi, buzoqlar esa buzoqxonaga o‘tkaziladi. 3 inchi sehda sigirlar 90 kun davomida saqlanadi. Bu sehda sigirlar qo’shimcha oziqalar berish va qo‘shimcha tadbirlar yordamida eng yuqori sut mahsuldorligiga erishishni taqoza etadi. Bundan tashqari bu sehda sigirlarni urug‘lantirish muhim tadbir hisoblanadi. 90 kun ichida urug’lantirilmagan sigirlar qisir hisoblanadi.
4- seh - sut ishlab chiqarish sehi bo’lib, sigirlar aniqlangan sut mahsuldorligi bilan kelib, 190 kun davomida ko‘p miqdorda sut sog‘ib olishni ta‘minlaydi. Sigirlar vaqti-vaqti bilan yayrash maydonchalarida sayr qildiriladi. Bu sehdan sigirlar sutdan chiqarilgandan keyin yana 1 – sehga o‘tkaziladi. Shunday qilib yil davomida sigir 4 sehda bo‘lib , 1 ta buzoq berib, 305 kun sog’ish ta‘minlanadi.
Kichik sut-tovar fermalarida va fermer xo‘jaliklarida uzluksiz sehlar tizimida sut ishlab chiqarishni tashkil qilib bo‘lmaydi. Bunday xo‘jalikdarda bo’g‘oz sigirlar tug‘ishga 10 kun qolganida tug‘ish xonalariga o‘tkaziladi. Tug‘ish o‘tganidan keyin buzoq maxsus kataklarga (profilaktoriya) o‘tkaziladi, bu yerda ular 15 kun saqlanib, onasining suti bilan boqiladi. Sigirlar 15 kundan keyin sigirxonaning sog‘in sigirlar saqlanadigan tomoniga o‘tkazilib bog‘lab asraladi. Sigirlar kuniga 2 marta (ertalab,kechqurun) sog‘iladi. Sog‘ish sigirxona ichida sog‘ish jihozlari yordamida amalga oshiriladi. Sog’ish oldidan sigirlar bog’lanib, tanasi tozalanadi (qashlanadi), keyin yelini issiq (35-40°C) suv bilan yuvilib quruq latta bilan artiladi, yelin yaxshilab uqalanadi va shundan keyin birinchi sut alohida idishga sog‘ib olinib, sut sog‘ish jihozining stakanlari yelinga kiydiriladi. Sog’ish 5-6 minut davom etadi, shundan keyin ko‘rish oynasidan sut o’tishi to‘xtaydi, shunda yelinni o‘ng qo‘l bilan uqalab turib, chap qo‘l bilan sog‘ish jihozining kollektoridan ushlab pastga va oldinga bir necha bor siltanadi. Natijada yelinda qolgan sut sog’ib olinadi. Qo’lda sog’ilganda esa asosiy sut tugagandan keyin, yelin uqalanib, qolgan sut (300-400 g) sog‘ib olinadi.
Sog‘ish tugashi bilan so’rg‘ichlardagi sog‘ish stakanlari olinib, yelin mahsus moy bilan surkab qo‘yiladi. Moy yelinni jarohatlanishdan va mikroorganizmlardan saqlaydi. Sigirlar sog‘ish davrida kuniga 2 marta oziqalantirilsa bo‘ladi. Iloji boricha barcha oziqalarni qo‘shib (monokorm) berish kerak.
Sigirlar qish paytada kunduzi havo iliq davrida, bahor, yoz va kuz paytlarida esa sog‘ishdan keyin yayrash maydonchalarida yayratilsa maqsadga muvofiqdir. Sigirlar 305 kun sog‘ilgandan keyin sutdan chiqarilish kerak. Bu davrda ba’zi sigirlar o‘zi sutdan chiqib ketadi. Lekin sersut sigirlar sut berishni davom ettiradi. Bu sigirlarni sutdan chiqarish uchun ularning ratsionidagi yem va shirali oziqalar qisqartiriladi, hamda sog’imlar soni kamaytirilib, bir necha kun ichida asta-sekin chiqarib yuboriladi.
Sutdan chiqqan sigirlar 50-60 kun davomida alohida guruhda boshvoqsiz (bog‘lanmasdan) saqlanadi. Ular alohida ratsionlar asosida boqilib, tug‘ishga 10 kun qolganda tug‘ruq bo‘limiga o‘tkaziladi.
Yuqori mahsuldor sigirlarni to'g'ri va sifatli sog'moqchimisiz?! Unda sizga nemis standarti bo'yicha ishlab chiqarilgan sog'ish apparatlarini taklif qilamiz!
Barcha zamonaviy talablarga javob beruvchi barqaror vakuum, aniq pulsatsiya va sog'ish uskunalari bizga ko'proq sifatli sut olish imkonini beradi.
Mashinada Double Cows Liner D 23 sog'ish apparati va LE 80 Air pulsator bilan jihozlangan, bir vaqtning o'zida ikkita sigir sog'ib olishi mumkin.
Sog'ish yaxshi tashkil etilganida soatiga kamida 10-12 sigir sog'ib olinadi.
Asosiy texnik xususiyatlari:
Zamonaviy vakuumli mexanik pulsator L80 Air bilan Mobil MobilMilk D190 tipli sog'ish apparati, Milkrite tomonidan ishlab chiqarilgan | InterPuls (Italiya), ham ohang ishlaydi.
Pulsator LE 80 Air