Sigirlarni oziqlantirish O’zbekiston sharoitida bahor, yoz va kuz oylarida ko’k oziqalar hisobiga amalga oshiriladi, chunki respublikamizning tabiiy iqlim sharoiti 8-9 oy ko‘k oziqalar yetishtirish imkonini beradi (asosiy, oraliq, takroriy ekinlar).
Ko‘k oziqalar quruq moddasi to‘yimliligi yuqori o‘simlik turi, vegetatsiya davri va o‘simlik qismlariga bog‘liq. Ko‘k oziqalarning 1 oziqa birligida protein bedada – 170, makkajo‘xorida-60, javdarda-70-80 g ni tashkil qiladi.
Ko‘k oziqalar quruq moddasi tarkibida yog‘ kam bo’lib, 4% ni tashkil etadi. Kletchatka miqdori quruq modda tarkibida o‘tni yig‘ishtirishda uning vegetatsiya fazasiga bog‘liq va 18-30% ni tashkil qiladi, ya‘ni yosh o‘tlarda kletchatka kam, davr o‘tishi bilan poya qotib kletchatka ko‘payib boradi.
Ko‘k o‘tlarda azotsiz ekstraktiv moddalar yuqori bo’lib, quruq moddasining 40-45% ni tashkil qiladi.
Sigirlarning mineral moddalarga talabini qondirish uchun ko’k oziqalar quruq moddasi tarkibida: kaliy 1,2-2,8%, kalsiy 0,4-0,8%, magniy 0,12-0,26, fosfor 0,35-0,40%, temir 50-100 mg/kg, marganes 40-200, mis 4-8, rux 20-80, kobalt 0,25-0,8, molibden 0,5-3 mg/kg bo‘lishi kerak.
Ko’k oziqalar tarkibida karotinoid - provitamin A, tokoferol (vitamin E), B guruh vitaminlar yetarlicha bo‘lib, B12 va C vitamin bo‘lmaydi. Ko’k oziqalar hazmlanish darajasi yuqori hisoblanadi, quruq moddasi 76-66; organik moddalar 80-60; protein 75-65; yog‘ 50-35; kletchatka 75-55; va AEM 80-70% ni tashkil etadi.
Sog‘in sigirlar ko‘k oziqalar ularning sut mahsuldorligiga, o‘t namligiga qarab beriladi. Bo’g‘oz sigirlar ko‘k oziqalar bilan 11 kg quruq modda 1 boshga: 10 kg sut beradigan sigir 14 kg; 20 kg sut beradigan sigir 16,5 kg va 30 kg sut beradigan sigir 18,5 kg qabul qiladi.
O‘rtacha har bir sigir 50-60 kg ko‘k oziqa iste‘mol qiladi, uni 3-4 bo‘lib berish mumkin, chunki ko‘k oziqalar o‘rilgandan keyin 3-4 soat saqlansa ular buzilmaydi.
Ko‘k oziqalar hayvon tabiatni va tarqatish texnikasiga moslanib maydalab yediriladi. Ko‘k oziqalar tarkibida protein miqdorining ko‘pligi hisobga olinib, qand protein nisbatini ta‘minlash uchun tarkibida protein kam oziqalarni kiritish mumkin.
Fermalarga xo'jalikdagi sharoitlarga qarab, individual, to'laqiymatli ratsionlar tuzib beramiz.