Главная/Полезные материалы/Полезные материалы/Oziqalarni yedirishga tayyorlash. Oziqlantirish me’yori. Ratsion

Oziqalarni yedirishga tayyorlash. Oziqlantirish me’yori. Ratsion

image1

Oziqalarni yedirishga tayyorlash.   

Har bir hayvon yoki parranda turiga beriladigan oziqa uning biologik xususiyatlarini inobatga olgan holda yedirishdan oldin tayyorlanishi shart, bu tadbir oziqalarni xushxo’r bo’lishi bilan, ularning hazmlanishini yaxshilaydi. 

Dag’al oziqalar albatta maydalanib, ba’zilari esa qo’shimcha ishlovdan keyin yediriladi. Chunki bu oziqalarning ko’pchilik qismini kletchatka (yog’ochsimon) moddasi tashkil qilib, hayvonlar tomonidan qiyin hazm qilinadi. Shuning uchun somon va poxol albatta ishlovdan keyin hayvonlarga yedirilishi kerak. Ular asosan kavsh qaytaruvchi hayvonlarga yediriladi. 

Somon va poxol dastlab 2-3 sm qilib maydalanadi, so’ng yuviladi undan keyin 1% so’ngdirilgan oxak yoki osh tuzi eritmasi qo’shiladi va xandaklarda 10-12 soat mobaynida (KV-200, KV-300) quruq par bilan usti yopilgan holda parlanadi va 3-4 soat qoldiriladi. Mexanik va kimyoviy jarayon natijasida kletchatka ancha yumshaydi, oziqa yeyish uchun qulay va xushxo’r bo’ladi. Buning uchun har bir fermer xo‘jaligida dag’al xashaklarni ishlab beradigan kichik sexlar qurilishini taqozo etiladi. 

image2

Somon va poxolni ishlov berilsa, ular hayvonlar tomonidan to’liq yeyilmaydi (nishxo’rt chiqadi), hamda hayvon oshqozoni uni hazm qilish uchun ko’p energiya sarflaydi, shuning uchun bunday davrlarda sigirlar oziq, mahsuldorligi pasayib ketadi. 

Silos va senaj 2-3 sm uzunlikda maydalanib hayvonlarga yediriladi. Ko’k oziqalar esa dalada 2-3 sm uzunlikda o’t o’rish mashinalari yordamida maydalanib tashib, keltirilib hayvonlarga yediriladi. 

Ildiz va tuganak mevali oziqalar qoramollar uchun (PRK-5.) qurilmalirida yuvib, maydalanib yediriladi. Sigirlarga tozalangan lavlagini butunlay bermasa ham yaxshi iste’mol qiladi. Cho’chqalarga tuganak mevalar (kartoshka) albatta pishirib beriladi. 

image3

Ildizli mevalilarni (kartoshka, lavlagi, sabzi) yuvish uchun mashina MK 30 000 "Desnyanka".

Oziqa polizi hayvonlarga maxsus qurilmalarda maydalanib yediriladi. 

Don oziqalar, asosan maydalanib yediriladi, faqat cho’chqalarga donlar maydalanib, pishirib beriladi. Kichik parrandachilik korxonalari va fermer xo’jaliklarida parrandalar namlangan oziqalar bilan oziqlantiriladi. 

image4

Don maydalagich - Corncrecker (Claas-Jaguar)

Fermer xo’jaliklarida qoramollarga yaxshi sharoit va mehnatni oqilona tashkil qilish maqsadida monokorm (bir xil) oziqa berish yaxshi natijalar bermoqda. Buning uchun oziqalar yem, silos, senaj, pichan, somon, lavlagi maydalanib (Volgar-5) yem bilan aralashtirilib, 5-6 soat o’rab qo’yiladi. Natijada dag’al oziqalar yumshab, mayinlashib xushxo’r bo’ladi. Bunday oziqalar hayvonlar tomonidan suyib iste’mol qilinadi va yaxshi hazmlanadi. Mehnatni tashkil qilish osonlashadi, har bir oziqani alohida tarqatish o’rniga monokormni bir kunda 2 marta yedirish mehnat va transport harajatlarini kamaytiradi. 

image5

Strautmann - oziqa tarqatgich

image6

image7

Qishloq xo’jalik hayvonlari parrandalarini meyorda oziqlantirish, ularning (salomatligini) ko’payish qobiliyatini va mahsuldorligini ta’minlashning garovi hisoblanadi. 

Hayvon va parrandalarni yetarlicha oziqlantirmaslik, ularning ozib, ko’payish va mahsuldorligiga, salomatligiga salbiy ta’sir etadi. 

Me‘yordan oshiqcha oziqlantirish, ularni ortiqcha semirishga sabab bo’lib, ko’payish qobiliyati va mahsuldorligini pasaytirib yuboradi. 

Oziqlantirish me’yori hayvonning sog’lom bo’lishi, ko’payish qobiliyati va mahsuldorligini ta’minlash uchun zarur to’yimli moddalarga talabiga aytiladi. Me’yor hayvon yoki parranda turi, yoshi, mahsuldorligi va fiziologik holatiga ko’ra o’rnatiladi. 

Hayvon va parrandalar talabi detallashtirilgan me’yorlar 22-30 gacha ko’rsatkichga ko’paytirilgan. Oziqlantirish me’yorlari hayvonlar ratsionini majmua baholashni talab etadi. 

Ratsion – hayvonlar salomatligi, yuqori mahsuldorligini va sifatini ta’minlovchi, ularning to’yimli va biologik faol moddalarga talabini qondiruvchi oziqa miqdori va sifatidir. 

Me’yorda oziqlantirish hayvonlar turi, jinsi, yoshi, fiziologik holati, mahsuldorligiga ko’ra energiya, asosiy to’yimli protein, ayrim aminokislotalar, uglevod, yog’lar, mineral va vitaminlarni quruq moddalar tarkibida belgilangan miqdorda bo’lishini ta’minlash. 

image8

Turli tur, jins, yosh, mahsuldorligi, ishlatish va saqlash sharoitlariga qarab energiyaga bo’lgan talabi har xil bo’ladi. Oziqalar energetik qiymati 1 kg oziqa quruq moddasining tarkibidagi almashinuvchi energiya yoki oziqa birligi bilan ifodalanadi. Oziqalardan olgan energiyani hayvonlar va parrandalar modda almashinuvi, tana harorati saqlash a’zolari faoliyati va mahsulot ishlab chiqarishga sarflaydi. Oziqlantirish me’yorlarida energiyaga talab umumiy qilib berilgan, aslida hayvonlarni hayotini saqlab turishi va mahsuldorligiga bo’linadi. Bir xil hayvonlarning turli mahsuldorligiga qarab energiyaga talabi o’zgaradi. Yuqori mahsuldorlik ko’p energiyani talab etadi. 

Sigirni hayotini saqlashi uchun kuniga 4,7 oz. birligi kifoya, 1 kg sut uchun 0,5 oz. birligi sarflanganda 10 kg sut beradigan sigirga 9,7 oz. birligi, 20 kg sut beruvchi sigirga esa 14,7 oz. birligi talab etiladi. 

Sigirlar mahsuldorligi ortishi bilan hayotini saqlab turishi va mahsuldorligi uchun sarflangan energiya 1:1 dan 1:3 gacha ortishi mumkin. 

Hayotini saqlab turish bo’lgan energiya asosan tirik vaznga bog’liq, vazni kichik hayvonlar kamroq energiya sarflaydi, shuning uchun sutdor qoramolchilikda bu ko’rsatkichga e’tibor beriladi (sutdorlik koeffitsienti). 

Hayvonlar energiyaga bo’lgan talabi, ob-havo, oziqlantirish, saqlash foydalanishga qarab o’zgarishi mumkin. Hayvon va parrandalar me’yoriy mikroiqlim sharoitlarini yaratib berish energiya sarfini kamaytiradi va ijobiy samara beradi. 

Sigirlar 1 kg 4% yog’ligidagi sut ishlab chiqarishlari uchun 0,5 oz. birligi, 5,7 mDj almashinuvi energiya, yosh qoramollar esa 1 kg vazn qo’shishiga 5 oz. birligi yoki 57 mDj sarflaydi. 

Qishloq xo’jalik hayvonlarini oziqlantirishda quruq modda va uning sifati muhim o’rin tutadi. Quruq modda iste’mol qilinishiga oziqa sifati va uning yedirishga tayyorlash, hayvonning mahsuldorligi va fiziologik holati, quruq moddada almashinuvchi energiyaning yig’indisi va ratsion turiga bog’liq bo’ladi. 

Ratsion tarkibi – alohida va bir guruh oziqalarning to’yimligi bo’yicha foizdagi ifodasiga aytiladi. 

image9

Oziqalar to'yimlilik ko'rsatkichlari (rus tilida)

Hayvonlarning quruq moddalarga talabi bir oziqa birligiga yoki 100 kg tirik vazniga keladigan miqdori bilan belgilanadi. 

Oziqalar tarkibida kletchatkani mo’l bo’lishi uning hazmlanishini qiyinlashtiradi, energiya miqdorini kamaytiradi. Kletchatka miqdorini kam bo‘lishi kavsh qaytaruvchilarga oziqa hazm qilish jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Kletchatka miqdori talablar darajasida hayvonning oshqozon-ichak tuzilish biologik xususiyatlariga yoshi, mahsuldorligi va fiziologik holatiga mos tushishi kerak. 

Oziqalardagi almashinuvchi energiya va kletchatka o’rtasida uzviy bog’lanish bor. Eng muhim ko’rsatkich oziqa quruq moddasi tarkibidagi protein miqdoriga bog’liq. Ratsionda uning yetishmasligi to’yimli moddalar samaradorligini ta’minlamaydi, oziqalar sarfi 20-50% ortib ketadi proteinga talab turli hayvonlarda yoshda va fiziologik holatda o’zgaradi. Sogin va bo’g’oz sigirlar, nasldor erkak hayvonlarining qochirish mavsumida proteinga talabi ortadi. 

Qishloq xo’jalik hayvonlari ratsioni xom va almashinuvchi protein, parrandalarda esa xom protein bo’yicha tenglashtiriladi. Protein 1 kg oziqa yoki 1 oz. birligi tarkibidagi miqdori bilan belgilanadi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda protein va uning katta qorinda erishi oqsilsiz azotli birikmalari nisbati inobatga olinadi. Katta qorinda bakterial oqsil hosil bo’lishi, kavsh qaytaruvchilarda ratsionlarni aminokislotalar bilan tenglashtirish shart emas. 

image10

Sigirlar sut sog'imiga qarab tuzilga ratsionlar (rus tilida)

Kavsh qaytaruvchilarda ratsion barcha to’yimli moddalar bilan tenglashtirilganda proteinga bo’lgan talabni 25-30% oqsilsiz azotli birikmalar hisobida qondirilishi mumkin. 

Cho’chqalarda xom va hazmlanuvchi proteindan tashqari lizin, metionin va sistin nazorat qilinadi. 

Parrandalar ratsioni protein bilan birga asosiy o’rindi almashmaydigan aminokislotalar lizin, metionin, triptofan, arginin, gistidin, leysin, izoleysin, fenilalanin, treonin, valin va glisin bo’yicha tenglashtirilishi shart. 

image11

Kavsh qaytaruvchilar qand va kraxmal protein bilan ma‘lum nisbatda bo‘lishi kerak yoki qand-protein nisbati 0,8-1,0 ni tashkil qiladi. 

Xom yog’ qoramollarda 20 kg gacha, yosh cho’chqalarda va parrandalarda tenglashtiriladi. Parrandalarda albatta o’rni almashmaydigan yog’ kislotalari ham nazorat qilinadi. 

Mineral moddalar hayvonlar ratsionida, ularning turi, yoshi, jinsi, mahsuldorligi va fiziologik holatiga qarab tenglashtiriladi, makro va mikro elementlar me’yorlashtiriladi. Barcha qishloq xo’jalik hayvonlari ratsionlari osh tuzi, kaliy va fosfor,  qoramollar ratsioni qo’shimcha magniy, kaliy, oltingugurt, qo’ylar ratsioni magniy va oltingugurt, otlarda magniy bilan tenglashtiriladi. 

Mikroelementlardan temir, mis, rux, kobalt, marganes va yod inobatga olinadi. Barcha mineral moddalar me’yor talablari darajasida bo’lishi shart, uning kam yoki ko’p bo’lishi modda almashinuviga salbiy ta’sir qilib, hayvonlar mahsuldorligi va salomatligini pasaytirib yuboradi. 

Turli qishloq xo’jalik hayvonlarining vitaminlarga talabi farqlanadi. 

Qoramollarda – karotin, vitamin D, E; qo’ylarda – karotin, vitamin D, qo’chqorlarga qo’shimcha E vitamini; cho’chqalarda karotin A, D, E va B guruh vitaminlari; otlarda – karotin, A, D3, E, B1, B2, B3, B4, B5, B6, B9, B12 vitaminlari; parrandalarda A, D, E, K, B1, B2, B3, B4, B5, B6, B9, B12 va C vitaminlari me’yorlashtiriladi. 

Har bir jins va yoshdagi hayvonlar guruhlariga me’yor chegarasida hafta yoki 10 kunga ratsion tuziladi, chunki shartlar ish muddatda o’zgarishi mumkin, ya’ni hayvon holati yoki oziqa turi. 

Qishloq xo’jalik hayvonlari uchun muayyan sharoitda tenglashtirilgan va tenglashtirilmagan ratsionlar tuziladi. Tenglashtirilgan ratsion barcha me’yor ko’rsatkichlarini ta’minlab, belgilangan mahsuldorlikka erishadi. 

Ratsion tuzganda oziqalar sifati va yeyilishini inobatga olish kerak, aks holda hayvonlar mahsuldorligi pasayib ketadi. Ratsionda ayrim tur oziqalar nisbati uning tipi deyiladi. Ratsion tipi, hayvon turi, yoshi, fiziologik holati va mahsuldorligi hamda mahalliy oziqalarni inobatga olgan holda belgilanadi. Qaysi oziqa nisbati ko’p bo’lsa, shu oziqa nomi bilan nomlanadi. Sigirlarda silos-senaj, silos-ildizmeva va hokazo. 

Turli hududlarda iqlim, tuproq, oziqalar turi, hayvonlar turi va mahsuldorligiga qarab aniq oziqlantirish tizimi yaratilishi kerak, unda asosan xo’jalikda yetishtirilgan arzon oziqalardan foydalanishni ko’zda tutish kerak. 

Me’yorlashtirilgan oziqlantirishning asosiy maqsadi har bir guruh hayvonni me’yorlar asosida oqilona oziqlantirish bilan yuqori mahsuldorlikka erishish, hamda ularni turli yuqumsiz kasalliklarga chalinishini oldini olishni taqozo etadi. 

Oziqalar sifati andozalar hamda laboratoriya tahlillari asosida belgilanadi. Shu bois har bir katta guruh (g’aram, xandak) oziqalarni yedirish boshlanishidan oldin laborator tahlilidan o’tkazish tavsiya etiladi. 

Oziqalar to’laqiymatliligi hayvonlarning yuqori mahsuldorligi, sog’ligi va yuqori darajadagi ko’payish qobiliyatida o’z aksini topadi. Oziqlantirishning to’laqiymatligi yana hayvonlarning ushbu oziqalarni ishtaha bilan yeyishiga bog’liq, hayvonlarga suv, tuz yetishmaganda ishtahasi yomonlashadi va mahsuldorligini pasayishiga sabab bo’ladi. 

Ratsion to’laqiymatliligini hayvonlar qoni chiqindilari va mahsulotlarini bioximik tahlili asosida xulosalar qilishi mumkin. Hayvonlarda protein almashinuvi buzilishining belgisi qonda oqsil va uning fraksiyalari, gemoglobin va metagemoglobin, mochevina paydo bo’lishidan anglash mumkin. 

Qonda glyukoza va glikogenning kamayishi uglevod almashinuvi buzilishidan dalolat bo’ladi. Yog’ almashinuvi buzilishi qonda keton tanalarini sonini me’yoridan ko’payib ketishiga sabab bo’ladi. 

Mineral moddalar me’yori buzilishini qonning kislota-ishqor nisbatidan bilib olsa bo’ladi. 

A- vitamin bilan ta’minlanganlikni qonda, sutda va tuxumda karotin va A vitamin borligiga qarab aniqlanadi. Urg’ochi hayvonlarda A vitaminni yetishmovchiligi jinsiy faoliyatga salbiy ta’sir ko’rsatib, otalanish qiyinlashadi. Erkak hayvonlarda A va E vitaminning yetishmasligi jinsiy faoliyatining susayishi, urug’ hajmining kamayishi va urug’da patologik jarayonlarda kuzatiladi. 

Yosh hayvonlarda karotin va B vitamini yetishmasligi oziqa hazm qilishni buzadi. Tuxumlaydigan tovuqlar ratsionida vitaminlar yetishmasligi tuxumning inkubatsiyalanish sifatlariga, jo’ja chiqishi va saqlanuvchiligiga salbiy ta’sir qiladi. 

Ratsionlarni doimiy tahlil qilib borish uchun hayvonlar qoni va mahsulotlarining muntazam biokimyoviy tahlil qilib borish, zarur hollarda tezkor choralar, ya’ni ratsionlarga o’zgartirishlar kiritish talab etiladi.

Заказать консультацию
Ваше имя:*
это поле обязательно для заполнения
Скрытое поле:
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Оставайтесь на связи
Свяжитесь с нами прямо сейчас, чтобы получить профессиональную консультацию и получить ответ на все свои вопросы. Мы всегда готовы помочь вам. Наши контактные данные указаны ниже.
Наши соц. сети:
Адрес:
ООО Мilk Тex Рrofi»
г. Ташкент, ул. Джами 5
Часы работы:
Пн - Пт: с 09:00 до 18:00
Заказать по акции
Ваше имя:*
это поле обязательно для заполнения
Скрытое поле:
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Заказать
Ваше имя:*
это поле обязательно для заполнения
Скрытое поле:
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена