Xo’jalikda eng ma’suliyatli tadbir hisoblanadi, chunki oziqa sifati va to’yimliligi, uning qanday tayyorlanganligiga bog’liq. Odatda oziqalar qish mavsumi uchun tayyorlanadi, chunki bu davrda hayvonlar yozda tayyorlangan oziqalarni iste’mol qiladilar.
Pichan tayyorlash uchun o’simlikning o'rish davri belgilanadi, bu boshoqlilar uchun boshoq chiqargan davri, dukkaklilar uchun esa to’liq g’unchalab 10% gullagan paytda hisoblanadi. Pichan tayyorlash quyidagi bosqichlardan iborat: o’rish, ag’darish, to’plash, ortish, tashish, g’aramlash. O’rish kosilkalar va jatkalar yordamida amalga oshiriladi. O’rilgan o’t bir tekisda qurishi uchun u ag’dariladi, uning namligi 20-25% ga tushganda u to’planadi, pogruzchiklar (PU-0,5) yordamida telejkalarga ortiladi va pichanxonalarga yetkaziladi. Pichan g’aramga bosiladi. G’aram tagi yerdan kamida 70 sm baland bo’lishi kerak, pichan to’liq bosib bo’lingandan keyin uning usti suyri bo’lib, qor va yomgir suvlari bemalol oqib tushadigan bo’lishi kerak. Iloji boricha g’aram ustini nam o’tkazmaydigan matolar bilan o’rash kerak, natijada pichan harajati 15-20% kamayadi.
Pichanni iloji bor joylarda maxsus ayvonlar tagida, soyada quritish uning tarkibidagi barcha to’yimli moddalar va karotinni saqlab qolish imkonini beradi. Bundan tashqari yirik fermer xo’jaliklarda pichanlarni sun’iy shamollatish (ventilyatorlar yordamida) orqali sifatli pichan tayyorlash mumkin.
Ko’k o’tlarda o’t talqoni tayyorlash alohida ahamiyatga ega, chunki ushbu oziqa yosh hayvonlar, ayniqsa cho’chqa va parrandalar ratsioning ajralmas qismi hisoblanadi. Ko’k o’tlar AVM 0,4; 0,8., agregatlarida talqonga aylantiriladi, kerak bo’lsa OGM -0,8 agregatlarida donorga aylantirilib omborda saqlanadi.
AVM(Агрегат Витаминной Муки)
Qishloq xo’jalik hayvonlarini oziqlantirishda silos alohida o’rin tutadi, chunki konservalanish davrida o’simlik qandidan hosil bo’lgan sut kislotasi barcha mikroorganizmlar faoliyatini to’xtatishi natijasida oziqalar tarkibida barcha to’yimli moddalari va xossalari saqlanib qoladi.
Silos tayyorlash uchun o’simlik namligi 65-70% bo’lib, doni dumbul bo’lishi kerak. Xo’jalikda texnika tayyorlanadi, xandaklar (transheya) ta’mirlanadi va oqlanadi. Silos tayyorlash uchun o’simlik (makkajo’xori, oqjo’xori, kungaboqar, ko’k boshoqlilar) kombayn bilan o’rilib, 3-4 sm uzunlikda maydalanib telejkalarga ortiladi. Telejka uni silos xandagiga olib kelib ag‘daradi. Xandaklarda silos massasi og’ir zanjirli traktorlar bilan to’xtovsiz shibbalandi, natijada havo siqib chiqariladi. Xandak to’lgandan keyin uning usti sellofan yopqich bilan yopilib, usti 30-40 sm qalinlikda tuproq qatlami bilan yopib qo’yiladi. Bu qatlam silosni turli tashqi muhit ta’siridan himoya qiladi, silos ichida qolgan havoni bosib chiqarib yuboradi.
Siloslash jarayoni anaerob, havosiz muhitda ro’y beradi yoki sut achitqi mikroorganizmlari poya tarkibidagi uglevodlarni iste’mol qilib sut kislotasi hosil qiladi va bu muhitda chirituvchi mikroorganizmlar yashay olmaydi (ph=4,2), natijada bosilgan o’simlik to’yimligi va xususiyatlarini saqlab qoladi. Siloslash jadal, ya’ni har xandak 2-3 kun to’ldirilib, shu zahotiyoq me’yorda berkitilishi kerak. Agar siloslash asossiz cho’zib yuborilsa (10-15 kun), og’ir zanjirli traktorlar bilan shibbalanmasa silos massasi orasida yetarli miqdorda kislorod qolishi natijasida aerob jarayon kechib, chirituvchi mikroblar va zamburug’lar rivojlanib, silosning sifatini buzadi, ko’p hollarda bunday siloslar yaroqsiz hisoblanadi.
Ba’zi hollarda siloslanadigan o’simliklar talabga javob bermay namligi past, qurib ketsa konservantlar yordamida siloslash mumkin.
1-jadval
Siloslanadigan massaning bir tonnasiga konservantlar qo‘shish me’yori.
Senaj tayyorlash - buning uchun dukkakli o’simliklar (beda, tabiiy o’tlar) namligi 45-55% bo’lganda maydalab xandaklarga bosiladi. O’tlar me’yordagi vegetatsiya davrida o’riladi. O’tlar kosilka yoki jatkalarda o’rib qoldiriladi, namligi 45-55% ular marza qilib (valyok) uchun qilib to’planadi va kombaynlar («moral-17») tomonidan 2-3 sm qilib maydalanadi va telejkalarga ortiladi. Telejka xandakka ag’daradi, u tekislanib og’ir zanjirli traktorlar bilan to’xtovsiz shibbalanadi, qaysiki maydalangan o’t orasida havo qolmasin.
O’simlik tanasida namlik 45-55% bo‘lganda bog‘langan namlik hisoblanib, undan mikroblar foydalana olmaydilar, natijada na mikrob, na zamburug’ rivojlanadi, o’t o’zining xususiyatlarini va to’yimliligini saqlaydi. Senaj xandaki to’lgandan keyin xuddi silosdek ko’miladi.
2-jadval.
Tayyorlangan turli sifatdagi oziqalar to‘yimliligi
Ildiz va tuganak mevali oziqalar maxsus omborlarda saqlanib, u yerda mu’tadil harorat va namlik yaratib beriladi. Bunday omborxonalar bo’lmagan xo’jaliklarda lavlagi o’ralar yoki burtlarda saqlanadi.
Burtlarga lavlagi eni 3-5 m, balandligi 2-3 m qilib terib taxlanadi, har 3-4 metrda havo kirish moslamalari qo’yiladi, usti somon, poxol yoki chang’aloq bilan yopib qo’yiladi.
Sifat bo’yicha klassi pasayib borishi bilan oziqalarda to’yimlik nisbati ham kamayib boradi.