Vitamin E (tokoferol). U organizmda A vitaminini va karotinni organizm tomonidan o’zlashtirish va saqlashini ta’minlaydi. Organizmda E vitaminining yetishmasligi yog’ almashinuvi zaharli moddalari to’planib, hayvonlarning ko’payish qobiliyatini buzilishiga va mushaklar distrofiyasiga sabab bo’ladi.
Gipovitaminoz E da erkak nasldor hayvonlar urug’ va jinsiy gormonlar hosil bo’lishi buziladi; urug’ hujayralari sifati yomonlashib, oxiri ishlab chiqarilmaydi; urug’don faoliyati buziladi, urug’don hajmi kichrayadi. Urg’ochi hayvonlarda otalanish me’yorda kechadi, lekin murtak bug’ozlikning boshida o’lib qoladi yoki so’rilib ketadi, ba’zan bola tashlash ro’y beradi.
Gipovitaminoz E
Tabiiy moddalardan α, β, γ, σ-tokoferollar olingan bo’lib, α-tokoferol sanoat yo’li bilan ishlab chiqariladi va 1 g d-tokoferol XB deb qabul qilingan.
Vitamin E undirilgan don yog’ida, makkajo’xori donida va baliq unida ko’p uchraydi. Amalda E gipovitaminozlar kam uchraydi, oziqalarda yetishmasa omixta yem tarkibiga qo’shiladi.
Vitamin K (filloxinon). Tabiiy mahsulotlar K1 va K2 vitamin shakllari olingan. K vitaminining manbai bo’lib, ko’k o’tlar, pichan, silos, ildizmeva barglari, suv o’tlari, soya doni; boshoqli don va ildizmevada kam bo’ladi; qishloq xo’jalik hayvonlari ovqat hazm qilish tizimida faoliyat ko’rsatuvchi mikroorganizmlar K vitaminni hosil qiladi; sut va tuxum K vitaminiga kambag’al.
K vitamini yetishmasa qon uvishi pasayadi, ya’ni jigarda protrombin hosil bo’lmaydi, natijada ichaklarda qon qo’yilishlar, parrandalarda muskulli oshqozon kutikula qavati ko’chib ketadi. Barcha kavsh qavtaruvchilar oziqalar va mikroorganizmlar hisobiga K vitaminiga bo’lgan talabini qondiradi, faqat qishloq xo’jalik parrandalari uchun u me’yorlashtiriladi.