Har doim hayvonlarning o’sishi ularni davriy ravishda tortib va o’lchash orqali nazorat etib boriladi. Ma’lumotlar aniq bo’lishi uchun hayvonlar ertalab oziqlantirib, sug’orilguncha amalga oshiriladi. Qoramol va otlar tug’ilganida, 1, 2, 3, 6, 9, 12, 18 va 24 oyligida, voyaga yetgandan keyin yilda bir marta; cho’chqalar tug’ilganda, 1, 2, 4, 6, 9, 12, 18 va 24 oyligida, qo’ylar esa tug’ilganda, 1, 4, 12 va 24 oyligida tortiladi. Olingan ma’lumotlar asosida mutloq va nisbiy o’sish aniqlanadi.
Mutloq o‘sish, o’sish tezligi bo’lib (vazn yoki o’lcham), ma’lum davrda qo’shilgan vazn. U quydagi formula yordamida aniqlanadi:
D = Wt -Wo ,
agarda kunlik vazn ortishini aniqlash kerak bo’lsa, D = Wt –Wo / t foydalaniladi,
ya’ni D-kunlik vazn qo’shishi (g yoki kg) yoki o’lcham (sm) 1 kunda, 1oyda;
W0-dastlabki vazn yoki o’lcham;
Wt- davr oxiridagi vazn yoki o’lcham,
t-vaqt (kun) ikki tortuv yoki o’lchov birligi.
O’sish kuchini nisbiy o‘sish ko’rsatkichi orqali aniqlash mumkin va quyidagi formula shaklini oladi:
K= Wt -Wo / t ·100 va % da ifodalanadi.
Bu ko‘rsatkich tug‘ilgandan keyingi dastlabki oylarda yuqori bo‘lib, keyinchalik uning jadalligi kamayib boradi.
Hayvonlarning o‘sish va yashash davomiyligi, yil