Oziqalarning vitamin to‘yimliligi.
Hayvon organizmiga tushadigan to’yimli moddalar inert holda bo’ladi, ular hazm bo’lgandan keyingina hayvon tanasiga singadi, bu jarayonda katalizatorlar qatnashishi shart. Bu jarayonlarda oqsil fermentlar va oqsil hamda vitaminlar birikmasidan iborat fermentlar ishtirok etadi. Organizmga vitaminlar tushmasligi yoki me’yordan kam bo’lishi fermentlar faoliyati susayadi, modda almashinuvi buzilishini natijasida hayvonlar salomatligi va mahsuldorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. U yoki bu vitamin yetishmasligi natijasida paydo bo’lgan yuqumsiz kasaliklar avitaminozlar deyiladi.
Chorvachilikda avitaminozlar biroz kuchsiz holda, ya’ni gipovitaminozlar shaklida uchraydi. Oziqalar tarkibida vitaminlarning yetishmasligi alimentar gipovitaminoz bo’lib, surunkali, o’tkir vitaminlar yetishmasligi organizm tomonidan oziqalarning yaxshi o’zlashtirilmasligiga sabab bo’lib, endogen gipovitaminozlar kuzatiladi.
Vitaminlar tarkibi yetarlicha o’rganilgan, ular erish hususiyati va insonlar va hayvonlar modda almashinuvidagi fiziologik o’rniga qarab tavsiflanadi. Erish tabiatiga qarab vitaminlar yog’da va suvda eruvchilarga bo’linadi. Yog’da eruvchi vitaminlarga A, D, E, K va suvda eruvchilarga esa B guruh vitaminlar, hamda C kiradi.
Vitamin A (retinol). Ushbu vitamin hayvon organizmining ko’plab qism va faoliyatlariga o’z ta’sirini o’tkazadi. U yetishmasligi natijasida hayvon ishtahasi yo’qolib, o’sish sekinlashadi, yosh hayvonlarda ko’zning shoxlanishi, siydik yo’li yallig’lanishi, erkak va urg’ochi hayvonlarda jinsiy faoliyat buziladi, buyrakda tosh hosil bo’ladi, teri dag’allashadi, shapko’rlik ro’y beradi, gipovitaminozning surunkali cho’zilishi hayvonni ko’r bo’lib qolishiga sabab bo’ladi.
Parrandalarda A vitaminining yetishmasligi o’sishni sekinlashtiradi, tuxumning otalanishini pasayib, tuxumdan jo’ja chiqishi kamayadi, jo’jalarning hayotchanligi past bo’ladi. Cho’chqalarda esa majruh bolalar tug’iladi.
A avitaminoz
Ko’pchilik hayvon iste’mol qiladigan oziqalarda A vitamini yo’q, u faqat sutda, o’g’iz sutida, tuxum sarig’ida, qo’y yog’ida va treska balig’i jigarida uchraydi.
Treska
Sigirlar ko’k oziqalarga to’ygan paytda 1 kg sutda 0,5-0,7 mg, qishda esa 0,2-0,4 mg bo’ladi. O’simliklarda A vitamini provitamin – sariq o’simlik pigmentlari- karatinoidlar:
α, β, γ- karotinlar holida uchraydi. Karotin to’g’ri ichakda vitamin A shakllanib, limfa keyin qonga tushadi. Karotinni me’yordan tashqarisi yog’da, vitamin A esa jigarda to’planadi.
Karotin dukkakli ko’k oziqalar, ildizmeva barglarida, karam bargida, qizil sabzi va o’t talqonida ko’p bo’lib, u don, somon, ildizmevalar va kartoshkada qariyb uchramaydi. Hayvonning karotin va A vitaminiga talabi karotin milligrammlarda yoki halqaro birliklarda ifodalanadi: 1 halqaro birlik (XB) 0,6 mkg toza β-karotin yoki 0,3 mkg A vitaminiga teng.