Barcha qishloq xo’jalik hayvonlari ovqat hazm qilish tizimining anatomik tuzilishiga qarab ikki guruhga bo’linadi:
1. Kavsh qaytaruvchilar – qoramol, qo’y, echki, tuya, shimol bug’isi, zebu, buyvol, qo’tos. Ularning asosiy xususiyati 4 kameralik oshqozonga ega; uchtasi old oshqozonlar (katta qorin, qat qorin, to’r qorin) va haqiqiy oshqozon shirdondan iborat.
2. Monogastrit (oddiy oshqozonli) hayvonlar: it, cho’chqa, ot, mo’yna hayvonlari. Ikki oshqozonli qishloq xo’jalik parrandalari ham shu guruhga kiradi.
Bir va ko’p kamerali hayvonlarni to’yimli moddalarni ajratib olishning fiziologik imkoniyatlari bir xil emas. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarning old oshqozonlarida mikroblar tomonidan sellyuloza fermenti ishlab chiqarilib kletchatkani parchalash, ayrim mikroblar esa ammiakli azotni iste’mol qilib hayvon oqsiliga aylantiriladi.
Bir kameralik oshqozonli hayvonlarda ushbu imkoniyatlar yo’q yoki chegaralangan, ular barcha to’yimli moddalarni faqat o’z organizmida chiqarilgan yoki oziqalar bilan tushgan fermentlar yordamida hazm qiladilar.
Oziqalarning hazmlanishi hayvonlarning yoshiga bog’liq, buzoqlar sut oziqalarini 90-98% hazm qilgani holda, o’simlik oziqalarga to’liq o’tkazilganda faqat 40-50% hazm qilgan, keyinchalik u ortib borib eng yuqori bosqich ovqat hazm qilish tizimi to’liq shakllangandan keyin erishiladi. Kavsh qaytaruvchilar, cho’chqalar va parrandalarda ovqat hazm qilish tizimi to’liq 4-6 oyda shakllanadi. Qari hayvonlarda ovqat hazm bo’lishi ancha past kechadi.