Главная/Полезные материалы/Полезные материалы/2-qism. Mikroelementlar. Temir, mis, kobalt va yod.

2-qism. Mikroelementlar. Temir, mis, kobalt va yod.

image1-6

Mikroelementlar. Hayvon organizmida kam miqdorda uchrasa ham muhim fiziologik jarayonlar qatnashchisi hisoblanadi. Ular oqsillar bilan birlashib organizmning muhim fermentlarini sintez qilishda, shuningdek modda almashinuvida qatnashuvchi qator garmonlarni hosil bo‘lishda ishtirok etadi. Shu bois mikroelementlar ham vitaminlar singari hayot uchun zarur biologik aktiv moddalar deyiladi. 

Temir. Temir elementining asosiy qismi tanada oqsillar bilan birikkan holda uchraydi, qariyib 50% temir moddasi qonning gemoglobini tarkibida uchraydi, temir moddasi zaxirasi ferratin oqsil birikmasi holida taloq, jigar, buyrak va suyak iligida uchraydi. Temir ko’plab, fermentlar va hujayra pigmentlari hosil bo’lishda ishtirok etadi. Oziqalar bilan tananing temirga bo’lgan talabi faqat 10% ga qondiriladi, uning qolgan qismi parchalangan gemoglobin tarkibidagi temir moddasi hisobiga qondiriladi. 

Barcha qishloq xo’jalik hayvonlari 1kg tirik vazniga 50 mg temir moddasini talab etadi, bu talab to’liq oziqalar hisobiga qondiriladi. Ratsionda temir moddasining me’yordan ko’payib ketishi oqsil o’zlashtirishiga salbiy ta’sir ko’rsatib, hayvonlar mahsuldorligini pasaytirib yuboradi. 

image2-2

Mis. Asosan gemoglobin tarkibiga kiradi. U qizil qon tanachalarining tarkibiy qismiga kirib qon aylanishida faol ishtirok etadi, qator ferment va pigmentlar sintezida qatnashadi, barcha tana a’zolarida uchraydi, ayniqsa jigarda ko’p uchraydi. 

Mis yetishmasligi kamqonlikka sabab bo’lib, yosh hayvonlarning o’sishiga, katta yoshdagi hayvonlarning mahsuldorligiga, ko’payishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Sigirlar qonida 0,8-1 mkg/g bo’lishi kerak, uning 0,3-0,6 mkg/g ga pasayishi sigirlarning birinchi urug’lantirishdan otalanishini 2 barovar pasaytirib yuboradi. 

Asosan me’yordagi ratsion hayvonlarning misga bo’lgan talabini qondiradi. Mis ko’proq don, urug’, shrotda ko’p uchrab, yaylov o’tlari, somon va sutda kam uchraydi. Misning me’yordan ko’p bo’lishi va surunkali kechishi hayvonga salbiy ta’sir qilib uni zaharlashi mumkin, u jigarda to’plana borib hayvonni o’limga olib kelishi mumkin, ayniqsa bu holga qo’ylar sezgir bo’ladi.

image3-2

Kobalt. Bu element B12 vitamini kashf etilgandan e’tiborga olindi. Kobalt kavsh qaytaruvchilar, cho’chqalar va parrandalar ovqat hazm qilish tizimida B12 vitaminini sintez qiladigan mikroorganizmlarning faoliyati uchun zarur, kobalt me’yorda bo’lsa mikroorganizmlar hayvon uchun zarur B12 vitaminini hosil qiladilar. Cho’chqalar va parrandalarda ovqat hazm qilish tizimidagi mikroorganizmlar hamma vaqt ham ularning talabi darajasida B12 vitaminini ishlab chiqarmaydi, shuning uchun ba’zan ular oziqalarga qo’shib beriladi. 

Kobalt yetishmaganda qoramol va qo’ylarda to’qishib yurish kuzatiladi yoki akobaltoz kasalligi ro’y beradi. Hayvon ozib, mahsuldorligi pasayib, jinsiy faoliyati susayib ketadi. Kavsh qaytaruvchilar ratsioniga kobalt sulfat tuzidan qo’shib berish uning yetishmovchiligini oldini oladi. 

image4

Yod. Bu element to’qima va bez shiralarida kam uchrab, asosan qalqonsimon bez gormoni-tiroksin tarkibiga kiradi. Uning muntazam yetishmasligi qalqonsimon bez faoliyatini buzib, u kattalashib bo’qoq kasalligiga sabab bo’ladi. Yod yetishmasligi qishloq xo’jalik hayvonlarining ko’payishiga salbiy ta’sir etadi, ba’zan o’lik tug’iladi. 50% ga yaqin yodni hayvonlar oziqalar bilan oladi, qolgan 50% ni esa suv bilan olish kerak, oqar suvlarda yod miqdori kam bo’lib chuqur artezan suvlarida uning nisbati yuqori bo’ladi. 

Yodning eng ko’p uchraydigan mahsuloti dengiz o’tlari va baliqlari hisoblanadi. Oziqalar tarkibidagi uning bo’lishi tuproq tarkibiga bog’liq. Yod yetishmaydigan hududlarda oziqa tuzi tarkibiga kaliy yodid yoki natriy yodid qo’shib beriladi.

image5

Заказать консультацию
Ваше имя:*
это поле обязательно для заполнения
Скрытое поле:
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Оставайтесь на связи
Свяжитесь с нами прямо сейчас, чтобы получить профессиональную консультацию и получить ответ на все свои вопросы. Мы всегда готовы помочь вам. Наши контактные данные указаны ниже.
Наши соц. сети:
Адрес:
ООО Мilk Тex Рrofi»
г. Ташкент, ул. Джами 5
Часы работы:
Пн - Пт: с 09:00 до 18:00
Заказать по акции
Ваше имя:*
это поле обязательно для заполнения
Скрытое поле:
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Заказать
Ваше имя:*
это поле обязательно для заполнения
Скрытое поле:
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена