Главная/Полезные материалы/Полезные материалы/QISHLOQ XO‘JALIK HAYVONLARINI OZIQLANTIRISH. Oziqalar to‘yimligi va oziqalarning kimyoviy tarkibi. 13 ta ma’lumot.

QISHLOQ XO‘JALIK HAYVONLARINI OZIQLANTIRISH. Oziqalar to‘yimligi va oziqalarning kimyoviy tarkibi. 13 ta ma’lumot.

 

image1-3

1.      Hayvonlar mahsuldorligini 70% ozuqalarga bog’liq. Shuning uchun har bir xo’jalikda mo’l-ko’l yem-xashak bazasini yaratish hayvonlardan yuqori mahsulot olish garovi hisoblanadi. 

2.      O’simliklar quruq moddasining 45% uglerod, 42% kislorod, 6,5% suv, 1,5% azot va 5% mineral moddalardan tashkil topgan. Hayvon tanasi esa 63% uglerod, 14% kislorod, 9,5% vodorod, 5% azot va 8,5 % mineral moddalardan iborat.

3.      Hayvon tanasining yarmi suvdan iborat, uning miqdori yangi tug’ilgan hayvonlarda 80% bo’lsa, voyaga yetganida 50-60% ni tashkil qiladi, tana semirishi bilan suv miqdori kamayib yog’ nisbati ortib boradi.

4.      Turli ozuqalarda 5% dan 95% gacha suv bo’ladi. Uning miqdori pichan, somon, yemda kam bo’lib, ko’k va shirali oziqalarda yuqori bo’ladi. 

5.      Dukkakli donlarda kalsiy, ildizmevalarda kaliy, fosfor esa kepak, shrot va kunjarada ko’proq uchraydi.

6.      Ozuqaning organik qismi azotli (xom protein) va azotsiz (xom yog’, xom kletchatka va azotsiz ekstrativ moddalardan) tashkil topgan.

7.      Xom protein oziqa tarkibida azotni 6,25 ga ko’paytirish hisoblanadi, taxminan protein tarkibida o’rtacha 16% azot bo’ladi. Har xil oziqalarda uning nisbati turlicha bo’ladi. Xom protein oqsillar va amidlardan iborat.

8.      Oqsillar ozuqalar tarkibida u 3% dan 90% uchraydi, o’simlik oziqalardan shrot va kunjarada ko’p bo’lib 30-40% ni tashkil qiladi, dukkakli donlarda 25-30%, dukkakli o’tlar pichanida 14-15%, boshoqli donlarda 8-12%, somonda 4%, oqsil hayvonot ozuqalarida ko’p bo’ladi, 70-90% (go’sht uni, quritilgan qon) tashkil qiladi.

9.      Yog’lar asosiy energiya manbai bo’lib uglevodlarga nisbatan 2,25 marta yuqori turadi. Oziqalarda yog’lar turli miqdorda uchraydi: urug’ va donda poyaga nisbatan ko’proq bo’ladi; ildiz va tuganak mevalarda yog’ qariyib yo’q; boshoqli donlarda 1-2%, makkajo’xori va sulida 5-6%, yog’li ekinlar donida 30-40% tashkil etadi. 

10.  Uglevodlar o’simlik quruq moddasining qariyib 75% ni tashkil qiladi. Uglevodlar hujayra suyuqligida qand, plastidlarda-kraxmal, hujayra qobig’ida esa kletchatka, gemiosellyuloza va pektin moddalar holida uchraydi. O’simlik hujayrasi qarishi bilan uning qobig’ida lignin moddasi ko’payadi. Hayvon organizmida uglevodlar juda kam (1%) uchrab glyukoza va glikogen holida bo’ladi. Uglevodlar organizmda energiya manbai vazifasini o’taydi, ortib qolganlari jigar va muskullarda kraxmal-glikogen sifatida zahiraga aylanadi. Hayvon mahsulotlaridan faqat sutda uglevod ko’p bo’lib, 4-7,0% tashkil etadi.

11.  Xom kletchatka turli moddalar aralashmasi: sellyuloza, pentozan, geksazan, lignin, kutin, subirin va kamgina azotli, hamda mineral tarkibidan iborat; o’simlik hujayralari bir-biri bilan pektin yordamida yopishadi. Xom kletchatkaning kimyoviy tarkibi o’simlik yoshligida sellyulozadan, yoshi kattarishi bilan hujayra qobig’i qalinlashib lignin va pentozan ortadi. Kletchatkaning daraxtlashishi (dag’allashishi) o’simliklar poyasida barglariga nisbatan kuchli kechadi, kletchatka ildizmevalarda kam dag’allashadi. Oziqalardan eng ko’p kletchatka somonda bo’lib 40-45% ni, ildizmevalarda bor-yo’g’i 0,4-2 % ni tashkil qiladi. 

12.  Kraxmal-o’simliklar zahira moddasi bo’lib don, meva va ildizmevalar quruq moddasining 60-70% tashkil qiladi. Kraxmal poya va barglarda kam, 2% atrofida uchraydi. Kraxmalning bir turi-inulin, ko’p miqdorda yer nokida uchraydi. Hayvon kraxmali-glikogen, jigarda to’planib uning og’irligini 4% gacha tashkil qilishi mumkin.

13.  Qand o’simliklarda monosaxaridlar (glyukoza va fruktoza) va disaxaridlar (maltoza va shakar qamishi) holida uchraydi. Qand, qand lavlagi, sabzi va oq jo’xorida 22% gacha to’planishi mumkin. Hayvonlarda yagona qand vakili-laktoza hisoblanadi.

Заказать консультацию
Ваше имя:*
это поле обязательно для заполнения
Скрытое поле:
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Оставайтесь на связи
Свяжитесь с нами прямо сейчас, чтобы получить профессиональную консультацию и получить ответ на все свои вопросы. Мы всегда готовы помочь вам. Наши контактные данные указаны ниже.
Наши соц. сети:
Адрес:
ООО Мilk Тex Рrofi»
г. Ташкент, ул. Джами 5
Часы работы:
Пн - Пт: с 09:00 до 18:00
Заказать по акции
Ваше имя:*
это поле обязательно для заполнения
Скрытое поле:
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Заказать
Ваше имя:*
это поле обязательно для заполнения
Скрытое поле:
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена