Fosfor. Tananing 80% fosfori suyaklar va tishda bo’ladi; qolganlari fosfoproteinlar, nuklein kislotalar va fosfolipidlar tarkibida bo’ladi. U uglevod va energiya almashinuvida muhim o’rin tutadi, hamda geksozafosfatlar va adenozinfosfatlar tarkibiga kiradi.
Fosfor almashinuvi kalsiy almashuvi bilan bog’liq, ya’ni uning yetishmasligi yosh hayvonlarda raxit, voyaga yetganlarida osteomolyasiya kasalligini keltirib chiqaradi. Fosfor yetishmasligi, bo’g’inlar qisirlaydi, muskullar bo’shashadi, o’sish sekinlashib, sut mahsuldorligi pasayadi; fosfor yetishmasligining belgisi ishtahani yo’qolishi: hayvon yog’och, suyak, lattalarni va yeb bo’lmaydigan narsalarni chaynaydi. Shuningdek fosfor yetishmasligini qonda uning me’yorini kamayishidan bilsa bo’ladi.
Qoramollarda fosfor yetishmasligi yem oziqalarni kam iste’mol qilganda ro’y beradi, qo’ylarda bu hol kam kuzatiladi,chunki yaylov o’tlari tarkibida fosfor ko’p.
Fosforga sut, boshoqli donlar, baliq va suyak uni boy hisoblanadi; pichan va somonda fosfor kam.