1. Qo’ylarni faqat dag’al oziqalar bilan oziqlantirib o’stirganda uning ichaklarining uzunligi tana uzunligidan 44-51marta, yaxshi oziqlantirilganda, ya’ni ratsionga yem qo’shib boqilganda faqat 33-38 marta uzun bo’lgan xolos.
2. Tuyoqlilarda homila davrida tayanch suyaklari jadal o’sadi, oziqalar yetishmasligi, onasining kasallanishi homilaning oyoq suyaklarini kalta bo’lib tug’ilishiga sabab bo’ladi, bunday hayvonlar tug’ilganda tanasi uzun, kallasi katta va kichik bo’ladi. Bu holat embrionalizm deb ataladi.
3. Tug’ilgandan keyin to’yimli moddalar yetishmasligi yoki yosh hayvonning kasallanishi rivojlanmay qolishga (o’q suyaklari) sabab bo’ladi, unga infantilizm deyiladi. Bunday hayvonlar tanasi yangi tug’ilgan hayvon tanasini eslatadi. Bunday hayvonlar jinsiy balog’at yoshida ham shunday boqilsa, ular jinsiy jihatdan ham to’laqonli bo’lmaydilar.
4. Neoteniya (A.A.Maligonov bo’yicha – bu tana o’sishdan qolgani holda, jinsiy faoliyati me’yorda bo’lishiga aytiladi.
5. Embrionaliz va infantilizm asoratlarini keyinchalik to’liq tuzatish imkoniyati bo’lmaydi, shuning uchun ularning oldini olish choralarini ko’rish kerak.
6. G’unajinlar yelinini 3-4 oylik bo’g’ozlikdan tuqquncha uqalash, ularning tuqqanidan keyin sut mahsuldorligini 15% ortishini ta’minlaydi.