Qiziqarli ma’lumotlar:
-Bir sigirdan bir yilda olingan go’ng bilan 1ga yerni mahalliy o’g’itga bo’lgan talabini qondirish mumkin.
-Tabiiy manbaalar va ekilgan yerlardan olingan mahsulotlarning 75% inson to’g’ridan-to’g’ri iste’mol qila olmaydi, shuning uchun ularni albatta qishloq xo’jaligi hayvonlari va parrandalarining tanasi orqali o’tkazilib sut, go’sht va tuxum kabi noyob mahsulotlar olinadi.
-O’z navbatida hayvonlar va parrandalar iste’mol qilgan oziqalari tarkibidagi 40 % organik va 70 % mineral moddalarni tanasiga singdira olmay tashqi muhitga chiqarib yuboradilar, bu chiqindilar go’ng sifatida tuproqdagi mikroorganizmlar uchun oziqa bo’lib, uning unumdorligini oshirishda asosiy omil bo’lib qoladi.
-O’zbekistonda umumiy aholining 49 % qishloq xo’jaligi bilan bog’liq.
-Hozirgi kunda mamlakatimizda 214 000 dan ortiq fermer, shundan 13000 tasi chorvachilik va 3 mln.dan ko’proq dehqon xo’jaliklari mavjud.