Главная/Полезные материалы/Полезные материалы/B guruh vitaminlar. Vitamin C (askorbin kislotasi). Oziqalarning vitamin to‘yimliligi. 4-qism

B guruh vitaminlar. Vitamin C (askorbin kislotasi). Oziqalarning vitamin to‘yimliligi. 4-qism

image1

B guruh vitaminlar. Suvda eruvchi ushbu guruh vitaminlarga B1 (tiamin), B2 (riboflavin), B3 (pantoten kislotasi), B4 (holin kislotasi), B5 (PP nikotin kislotasi), B6 (piridoksin), B7 (biotin), B8 (inozit), B9 (foliy kislota) va B12 (siankobalamin) kiradi. 

Nikotin kislotasi va holindan tashqari ushbu guruh vitaminlari organizmda sintez qilinmaydi. Asosan B guruh vitaminlari hayvonlar ozuqa orqali va ovqat hazm qilish tizimidagi mikroblarning faoliyati orqali ta’minlanadi. Ayniqsa voyaga yetgan kavsh qaytaruvchi hayvonlar o’zlarining guruh vitaminlarga talabini old oshqozonlarda faoliyat ko’rsatuvchi mikroorganizmlar hisobiga to’liq qoplashlari mumkin. 

B guruh vitaminlari faqat cho’chqalar, parrandalar va mo’yna hayvonlarini oziqlantirishda me’yorlashtiriladi, ba’zan buzoq va qo’zilarni o’stirishda ham inobatga olinadi. B guruh vitaminlarni me’yorlashtirishda 1 bosh hayvonga bir kunga milligrammlarda yoki 1 kg ozuqa quruq moddasiga milligram bilan belgilanadi. 

B1 vitamini (tiamin). Dekarboksilaz fermenti tarkibiga kiradi. Uning yetishmasligi to’qimalarda pirovinograd kislotasi ko’payib organizmda suv, oqsil, uglevod va yog’ almashinuvi buziladi; ishtaha yo’qoladi, o’sish to’xtaydi, yurak-tomir faoliyati buziladi; yurak kattalashadi, yurak mushaklariga qon quyiladi; jo’jalarda jigar ildirab, parranda sekin harakatlanadi oyoq va bo’yin mushaklari shol bo’lib, kallasini orqaga tashlaydi, voyaga yetgan parrandalarda tuxumlashi pasayib, tuxumlar yaxshi otalanmaydi. Cho’chqalarda B1 gipovitaminozi oyoqlarining bo’shashishi, otlarda esa harakat tekisligi buziladi. 

image2

Gipovitaminoz B1 asosan parrandalar va mo’yna hayvonlarida ko’proq uchraydi. B1 vitamini dukkakli va boshoqli donlarda, kepak, shrot va oziqa achitqichlarida ko’p uchraydi. 

B1 vitamini ko’k oziqalar va sifatli pichanda yetarli miqdorda uchraydi, ildiz, tuganak mevalar va hayvonot dunyosi oziqalarida kam miqdorda uchraydi. XB qilib kristal tiamin-gidroxlorid olingan. 

B2 vitamini (riboflavin). Oksidlanish, qaytarilish reaksiyalarida qatnashuvchi fermentlar tarkibiga kiradi, uning yetishmasligi natijasida organizmda oqsillar hosil bo’lishi yomonlashadi; ozuqalar tarkibidagi yog’ va triptofan yetarlicha o’zlashtirib olinmaydi. 

image3

Gipovitaminoz B2 ayniqsa parrandalarda o’tkir seziladi, o’sishi sekinlashadi, tuxumda vitamin miqdori kamayadi, inkubatsiya davrida jo’ja rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, inkubatsiya davrining o’rtasida embrionlar o’lib qoladi. Ota-ona galasi tovuqlari uchun albatta oziqalarga A1, B2, karotin va D3 vitamini qo’shib berish shart. 

Buzoq va qo’zilarda avitaminoz faqat sut davridagina ro’y beradi. Cho’chqalarda avitaminoz parrandalarga nisbatan kamroq uchraydi. Cho’chqa bolalarida junlari tushib, yarali kolit ro’y beradi; ona cho’chqalarda esa ishtahasi yo’qolib, murtak o’lishi, bola tashlashi va o’lik bola tug’ishi bilan namoyon bo’ladi. Ushbu vitamin quruq achitqi, yaxshi pichan, kunjara va kepakda ko’p bo’lib, ildiz va tugunak mevalarda kam uchraydi. Hozirgi kunda sanoat kristal holda ozuqa B2 vitaminini ishlab chiqarmoqda. 

B3 vitamin (pantoten kislotasi). Yog’ almashinuvini nazorat qiluvchi asosiy vitamin hisoblanadi, u ko’pincha yuqori to’yimlilikga ega ratsionlarda yetishmaydi. Ushbu vitamin yetishmasligi cho’chqalarda terisi yara bo’lib, junlari tushib ketadi; oshqozon yaralanib, rektal qon oqish; bo’g’inlar bukilmaydi, harakat buziladi - «g’oz qadam» bo’ladi. Urg’ochi cho’chqalar otalangani bilan majruq cho’chqa bolalari tug’adi. B3 vitaminining parrandalarda yetishmasligi nerv faoliyatini jarohatlaydi, shol bo’lish kuzatiladi. 

image4

B3 vitamini ko’k oziqalar, o’t talqoni, kepak, achitqi, shrot va kunjara ko’p bo’lib, makkajo’xorida kam bo’ladi. Har xil qishloq xo’jalik hayvonlarining ushbu vitaminga talabi donlar, ko’k oziqalar, o’t talqoni va sifatli pichan berganda bemalol qondiriladi. B3 vitamini yetishmasligi ko’pchilik hollarda oziqalarga issiqlik va bosim ishlovi berganda kuzatiladi. 

B4 vitamin (holin). Holin hayvon organizmida lipotrop, ya‘ni jigarda fosfolipidlarni hosil bo’lib, qonga tushishini nazorat qiladi; shu bilan jigarda yog’ to’planishini oldini olib, triptofan sintezini kuchaytiradi. Vitamin yetishmaganda yog’ va uglevod almashinuvi buziladi; cho’chqa bolalari va jo’jalarga yuqori kalloriyali oziqalar berganda holinga bo’lgan talab kuchayadi; u nikotin kislotasi va marganes bilan parrandalarda perozisni oldini oladi. 

image5

Yetishmaslik belgisi parrandalarning yomon o’sishi va jigarda yog’ to’planishi hisoblanadi. Holin organizmda gliserindan sintez qilinishi mumkin, tovuqlarga uni qo’shib berish jigarda yog’ to’planishiga yo’l qo’ymaydi va to’qimalarining inkubatsion sifatini yaxshilaydi. Parrandachilik va cho’chqachilikda ko’k oziqalar, o’t talqoni, baliq uni, oziqa gidroliz achitqisi vitaminga bo’lgan talabni yaxshi qondiradi. Sanoat tomonidan ishlab chiqarilgan holin xlorid jo’jalar va tuxumlaydigan tovuqlar omixta yemlariga 1 kg 1 tonnasiga qo’shiladi. 

B5 vitamin (PP, nikotin kislota). Uglevod va oqsil almashinuvida qatnashib, ovqat hazm qilishni jadallashtiradi va oshqozon osti bezi faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi. Cho’chqalarda nikotin kislotasining yetishmasligi pellagra kasalligini chaqiradi, ya’ni teri zararlanadi, kamqonlik, ich ketish, ichaklarning jarohatlanishi, parrandalarda ushbu kasallikda oyoqlarining terisi kuchib ketadi, shol bo’lib qoladi. 

image6

Nikotin kislotasiga cho’chqa va parrandalarda talab triptofan aminokislotasiga teskari nisbatda bo’ladi. Ratsionda triptofanga kambag’al makka doni yedirilganda qo’shimcha nikotin kislotasi talab etiladi. Nikotin kislotasi serob sun’iy preparatlar bilan talabini qondirsa bo’ladi. Jo’jalar talabini qondirish uchun ular omixta yemining bir tonnasiga 15-20 g nikotin kislotasi qo’shilsa yetarli. 

B6 vitamin (piridoksin). U oziqalarda piridin-pirodaksal, pirodaksamin va pirodoksal shaklida uchrab, kavsh qaytaruvchi hayvonlarda bir xil ahamiyatga ega. Parrandalarda esa pirodaksal boshqa turlariga nisbatan faolroq bo’ladi. U oqsil va to’yinmagan yog’ kislotalari almashinuvida qatnashadi, oqsildan yog, qon gemoglobini va natriy almashinuvida ishtirok etadi. 

image7

Parrandalar ratsionidan tashqari vitamin B6 otlar va mo’yna hayvonlari ratsionining tarkibiy qismi hisoblanadi. Cho’chqalarda gipovitaminoz B6 - kamqonlik, ishtaha yo’qolishi, teri kasalliklari va o’sishning susayishida namoyon bo’ladi, parrandalarda tuxumlash kamayib, tuxumning inkubatsion sifatlari pastlab ketadi. Eng ko’p B6 vitamini achitqilarda, kepak, donda, beda unida uchrab, go’sht - suyak uni va sutda kam uchraydi. U sanoatda gidroxlorid pirodorksal shaklida ishlab chiqariladi. 

B7 vitamin (biotin). Bu vitamin asosan o’simliklar; achitqi va bakteriyalarning o’sish gormoni hisoblanadi. Biotin transkarboksilaz fermentining tarkibiga kirib karbonat angidrid gazini almashinuvida qatnashib undan organik moddalar (mochevina) hosil bo’lishda; yog’ kislotalarini, leysin va gezoleysin aminokislotalarini hosil bo’lishida; biotin tarkibiga kiruvchi fermentlar qon zardobi albumini va amilaza fermentini hosil bo’lishda ishtirok etadi. 

image8

Biotin o’tda, donda, urug’larda, beda pichani talqonida, achitqilar va go’sht-suyak uni tarkibida ko’p uchraydi. Biotin yetishmasligi natijasida modda almashinuvining buzilishi faqat parrandalarda kuzatilib, ularda teri yallig’lanishlari kelib chiqadi. Biotinni sun’iy ravishda mochevina, piofen va valerian kislotalaridan tayyorlash mumkin. 

Vitamin B8 (inozit). B guruhidagi uncha ochilmagan vitaminlardan hisoblanadi. U o’simlik va hayvonot olamidan olingan oziqalar tarkibida uchraydi. Inozit o’simlik barglari, achitqilar, don va urug’larda, shuningdek oshqozon - ichak tizimidagi mikroorganizmlarda ko’p uchraydi. 

image9

Vitamin B12 (sianokobalamin). Hayvon tanasida modda almashinuvida muhim o’rin tutadi. U o’z tarkibida kobalt saqlab, qon hosil bo’lishini kuchaytiradi, aminokislota va nuklein kislotalari hosil bo’lishida ishtirok etadi; yog’ va uglevod almashinuvida qatnashadi; tanada holin hosil bo’lishda ishtirok etadi; organizmda vitamin B12 ishtirokida o’rni almashmaydigan metionin aminokislotasi sintez qilinadi. 

image10

B12 vitamini ko’proq hayvonot mahsulotlarida, kavsh qaytaruvchilarda old oshqozondagi mikroorganizmlarda, ba’zi oqava suv, suvdan oziqlanadigan tuproqdagi mikroblar, suv o’tlarida uchraydi, lekin vitamin B12 ning hayvonot va mikroblardan olinganlari o’simliklardan olinganlariga nisbatan ancha ustun hisoblanadi. Ushbu vitaminning yetishmasligi cho’chqa, parranda va yosh kavsh qaytaruvchi hayvonlarda anemiyaga sababchi bo’lib, ozib, mahsuldorligi keskin kamayib ketadi, bu hol kavsh qaytaruvchilarda old oshqozonda mikroblarning yetarli faoliyat ko’rsatilmasligi natijasida ro’y beradi. 

B12 vitamini preparatlarini ratsionga qo’shib berish hayvonlar salomatligini yaxshilab, mahsuldorligini oshiradi. B12 vitaminining oziqa preparati metan hosil qiluvchi bakteriyalar tomonidan biosintez natijasida olinadi. 

Vitamin B9 (foliy kislotasi). Ushbu vitamin B12 vitamini va biotin bilan tanada eritrosit va leykositlar hosil bo’lishida qatnashadi; uning yetishmasligi yetarli miqdorda qizil qon tanachalari hosil bo’lmasligi natijasida anemiya kasalligi kelib chiqadi. Uning yetishmasligi parrandalar o’sish va rivojlanishiga, tuxum mahsuldorligiga va tuxumning inkubatsion sifatlariga salbiy ta’sir qiladi. Parrandalardan tashqari gipovitaminoz B9 faqat emizikli urg’ochi cho’chqalarda uchraydi. Foliy kislotasi ko’k oziqalar, o’t talqonida ko’p uchraydi. Parrandalar va cho’chqalar uchun sanoat tomonidan ishlab chiqariladi. 

image11

Vitamin C (askorbin kislotasi). Suvda eruvchi muhim vitamin hisoblanadi. Modda almashinuvi jarayonida hujayralarining nafas olishda ishtirok etadi; u gormonlar va aminokislotalar hosil bo’lishida, temir moddasi organizm tomonidan o’zlashtirilib olinishida, zaharli moddalarni zaharsizlantirishda ishtirok etadi. 

image12

Hayvonlar tanasida yetarli miqdorda A vitamini bo’lsa, C vitamini kerakli miqdorda sintez qilinadi. C-gipovitaminoz, A-gipovitaminoz bilan birgalikda uchraydi. 

Parrandalarga C vitamini qo’shib berish, stress holatlarini oldini oladi va tuxum puchogini qalinlashishiga sabab bo’ladi. Askorbin kislotasi barcha o’simlik va hayvon hujayralarida uchraydi. U oziqalar ochiq havoda saqlanganda parchalanadi yoki issiqlik ishlovi berilganda ildiz va tuganak mevalar tarkibidagi vitaminlarning 50% parchalanib ketadi.

Заказать консультацию
Ваше имя:*
это поле обязательно для заполнения
Скрытое поле:
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Оставайтесь на связи
Свяжитесь с нами прямо сейчас, чтобы получить профессиональную консультацию и получить ответ на все свои вопросы. Мы всегда готовы помочь вам. Наши контактные данные указаны ниже.
Наши соц. сети:
Адрес:
ООО Мilk Тex Рrofi»
г. Ташкент, ул. Джами 5
Часы работы:
Пн - Пт: с 09:00 до 18:00
Заказать по акции
Ваше имя:*
это поле обязательно для заполнения
Скрытое поле:
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Заказать
Ваше имя:*
это поле обязательно для заполнения
Скрытое поле:
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена